Foto: Videodan kadr
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp milliarder Ilon Mask bilan birga Starship raketasining parvozini uchirish maydonchasidan kuzatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Kosmonavtlarni Oyga qo‘ndirish va ekipajlarni Marsga jo‘natish uchun mo‘ljallangan, balandligi 122 metrga yaqin raketa tizimi SpaceX'ning Boka-Chikadagi maydonchasidan uchirildi. Parvoz rejasiga ko‘ra, u kosmosga yetib borishi, so‘ngra pastlashib qo‘nishi kerak edi.
Starship parvozining maqsadlari Super Heavy raketa tezlatkichini uchirish maydonchasi tomon qaytarish, kosmosda Raptor kemasini qayta ishga tushirish, termal himoya va Yerga qaytish bo‘yicha bir qator tajribalardan iborat edi. Ekipajsiz kosmik apparat Hind okeaniga qo‘nadigan yo‘nalishga yuborildi, tashuvchi raketa esa salkam yetti daqiqada Yerga qaytdi.
SpaceX o‘zining raketa parvozlariga mashhur shaxslarni taklif qilib turadi. Tramp allaqachon kompaniyaning tadbirlarida qatnashgan. Birinchi prezidentlik davrida u SpaceX'ning ilk kosmonavti parvoziga taklif qilingandi. 19 noyabr kungi uchirish Starship'ning oltinchi parvozi bo‘ldi.
Trampning Starship ishga tushirilishida ishtiroki Mask bilan ittifoqning chuqurlashganini ko‘rsatadi. Mask Trampning saylovdagi g‘alabasidan manfaat ko‘rishi kutilmoqda. Bu milliarderning kompaniyalariga yordam beradi va hukumat tomonidan unga nisbatan ijobiy munosabatni ta’minlaydi.
Starship — 121 metr balandlikdagi ikki pog‘onali raketa. Uning massasi 5 ming tonnani tashkil etadi. Raketa 150 tonnagacha foydali yukni tashiy oladi. Birinchi pog‘ona — bu aslida kosmik kemaning o‘zi, ikkinchisi esa — Super Heavy tezlatkichi. Kelajakda undan Oy va Marsga parvozlar uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi