Foto: Reuters
AQSHning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina poytaxtiga yirik hujum uyushtirilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Xabar qilinishicha, havo hujumi 20 noyabr kuni amalga oshirilishi mumkin.
“Bizda ehtimoliy yirik havo hujumi haqida aniq ma’lumotlar bor”, dedi elchixona X platformasidagi murojaatida.
Amerika fuqarolariga signal chalingan taqdirda darhol xavfsiz joyga berkinish tavsiya etilgan. Shu bilan birga, keng ko‘lamli hujum xavfi tufayli AQSH, Gretsiya, Ispaniya va Italiya elchixonalari o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Bu ogohlantirish Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning kuchayishi fonida e’lon qilindi.
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududiga zarba berish uchun uzoq masofali qurollardan foydalanishga ruxsat berganidan keyin Kiyev va Moskva o‘rtasidagi vaziyat yanada keskinlashdi.
Bir kun avval ukrainalik harbiylar Amerikaning ATACMS raketalari yordamida Bryansk viloyatidagi harbiy obyektni o‘qqa tutgani haqida xabar berilgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi mazkur ma’lumotni tasdiqlab, harbiy obyektga oltita uzoq masofali ATACMS raketalari bilan zarba berilganini aytgan. Qayd etilishicha, Amerikaning beshta ATACMS raketasi urib tushirilgan, bittasi shikastlangan. Raketa parchalari harbiy obyektning texnik hududiga qulagan va halokat joyida yong‘in sodir bo‘lgan.
Rossiyaning yadroviy doktrinasidagi o‘zgarishlar
Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi. Rossiyaning normativ-huquqiy hujjatlari rasmiy portalida Putinning “Rossiyaning yadroviy quroldan himoya qilish sohasidagi davlat siyosati asoslarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni 19 noyabr kuni e’lon qilindi va kuchga kirdi.
Inson huquqlari bo‘yicha “Birinchi bo‘lim” loyihasi huquqshunoslariga ko‘ra, doktrinaning asosiy o‘zgarishlari shundan iboratki, har qanday yadroga ega bo‘lmagan davlatning, lekin yadroviy davlat ishtiroki yoki qo‘llab-quvvatlashi bilan Rossiyaga qarshi tajovuz ularning RFga birgalikdagi hujumi sifatida baholanadi.
Yangilangan doktrinada qayd etilishicha, agar “strategik va taktik samolyotlar, qanotli raketalar, dronlar, gipertovushli va boshqa samolyotlarning mamlakatga uchirilishi haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lsa”, Moskva yadroviy javob choralarini ko‘rib chiqadi.
Shuningdek, Rossiya ittifoq davlati a’zosi sifatida Belarusga qarshi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda yadro qurolidan foydalanishi mumkinligi ham kelishib olindi. Bundan tashqari, doktrinaga ko‘ra, agar “RF suvereniteti va oddiy qurollar uchun jiddiy tahdid” mavjud bo‘lsa, Rossiya yadro qurolidan foydalanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Halabni egallaganlar kim? Suriyadagi yurishga boshchilik qilayotgan «Hayyat Tahrir ash-Shom» haqida
Nukusda rossiyalik jurnalist qo‘lga olingani bo‘yicha rasmiy izoh berildi
Kamerasi yo‘q, himoyalangan smartfon chiqarildi
Kanadadagi yirik yangiliklar agentliklari OpenAI'ni sudga berdi
Abbosbek Fayzullayev faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin
O‘zbekistonda 2 dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi