13:57 / 21.11.2024
107

Ronaldu YouTube kanalida internetni “portlatadigan” mehmoni kim boʻlishini aytdi

Ronaldu YouTube kanalida internetni “portlatadigan” mehmoni kim boʻlishini aytdi
“An-Nassr”ning portugaliyalik yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu oʻzining YouTube’dagi navbatdagi internetni “buzib yuboradigan” mehmoni Mr Beast ekanini ma'lum qildi.

Foto: YouTube
Bir necha kun oldin futbolchi navbatdagi mehmoni kim boʻlishini sirli tarzda e'lon qilgan edi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida muhokamalarga sabab boʻldi va koʻpchilik bu “Barselona” afsonasi Messi boʻlishi mumkinligini taxmin qildi.

Mr Beast (asl ismi Jeyms Stiven Donaldson) dunyodagi eng mashhur YouTube blogerlaridan biri boʻlib, uning auditoriyasi 330 milliondan ortiq. Ronalduning kanalini esa 67 milliondan koʻproq obunachi kuzatadi.

Mr Beast ishtirokidagi epizod premerasi bugun, 21 noyabr kuni Krishtianuning YouTube kanalida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Rio Ferdinand va Krishtianuning sevgilisi Jorjina Rodriges Ronalduning YouTube kanalidagi bir nechta epizodlarda ishtirok etgan.

Ronalduning YouTube kanali obunachilar toʻplash tezligi boʻyicha Ginnes rekordini oʻrnatgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo