Foto: Minbarda Berni Sander AQSH Kongressida Isroilga qurol sotishni cheklash bo‘yicha berilgan savollarga javob bermoqda / AFP
AQSH Senati Isroilga qurol-yarog‘ sotishni blokirovka qilishni nazarda tutuvchi uchta rezolyutsiyasini qabul qilmadi. Bu haqda The Hill xabar berdi.
Taklif etilgan uchta rezolyutsiyaga 100 senatordan 60 dan ortig‘i qarshi chiqdi, faqat 17 nafari qo‘llab-quvvatladi. Rezolyutsiyalar tank qurollari, granatomyotlar uchun o‘q-dorilar, shuningdek, bombalarni boshqarish moslamalariga aloqador bo‘lgan. Hujjatlar mualliflari Demokratlar va mustaqil senator Berni Sanders bo‘lib, ular AQSH prezidenti Jo Baydenning Isroilga nisbatan siyosatidan norozi.
Sanders rezolyutsiyalar “G‘azo sektori va Livandagi tinch aholiga qarshi halokatli oqibatlarga olib kelgan hujum qurollariga” qaratilganini aytdi. Senator cheklovlar Isroilning o‘zini himoya qilish qobiliyatiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi. Biroq uning takliflariga qarshi chiqqan qonunchilar bunga rozi emas.
Berni Sandersning Isroilga qarshi ayblovlari
Sandersga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar xalqaro inson huquqlarini buzgan yoki Amerikaning gumanitar yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan mamlakatlarga qurol bera olmaydi. Bu “Xorijiy yordam to‘g‘risida”gi va “Qurollarni nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunda aks etgan. Senatorning fikricha, Isroil yuqorida sanab o‘tilgan qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymoqda.
AQSHning Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishini blokirovka qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyalarni ovozga qo‘yishdan oldin ham, ularning muvaffaqiyat qabul qilish imkoniyati deyarli yo‘q edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi