Foto: Reuters
AQSH Senatida Ukrainaning 4,65 milliard dollarlik qarzining yarmini hisobdan chiqarishga qarshi rezolyutsiya ko‘rib chiqilmadi.
AQSH Davlat departamenti vakili Metyu Miller Vashington ma’muriyati qonunchilarni Kiyevning ko‘rsatilgan miqdorda qarzining bir qismini hisobdan chiqarish niyati haqida xabardor qilganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Kongress hisobdan chiqarishni bekor qilish uchun norozilik rezolyutsiyasini qabul qilish imkoniyatiga ega.
Kongressda 61 nafar senator ushbu rezolyutsiyani ko‘rib chiqishga qarshi chiqqan va faqat 37 nafar qonunchi yoqlagan.
Ushbu rezolyutsiya Kentukki shtatidan respublikachi Rend Pol tomonidan ko‘rib chiqish uchun taklif qilingan. U AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining tanqidchisi hisoblaniib, avvalroq Ukrainina moliyalashtirishga ham qarshi chiqqan edi.
Polning ta’kidlashicha, Ukraina ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini isbotlay olmaydi. Unga ko‘ra, Vashington yuborayotgan mablag‘larning aksariyati armiya ehtiyojlariga ketmaydi.
Avvalroq iste’foga chiqqan Bayden ma’muriyati AQSH Kongressiga Ukrainaning 4,65 milliard dollar miqdoridagi qarzlaridan kechish istagini bildirgan.
Ushbu summa aprel oyida tasdiqlangan 61 milliard dollarlik yordam paketi doirasida taqdim etilgan 9 milliard dollarning yarmini tashkil etadi. Bu mablag‘lar, boshqa yordamlardan farqli o‘laroq, shartli qaytariladigan qarz sifatida berilishi va zarurat tug‘ilganda AQSH prezidenti ushbu summaning 50 foizidan kechishi mo‘ljallangandi.
Davlat departamentiga ko‘ra, qarzni hisobdan chiqarish “Ukraina g‘alaba qozonishiga yordam beradi, Qo‘shma Shtatlar va uning Yevropa ittifoqi, G7+ hamda NATOdagi hamkorlarining milliy manfaatlariga mos keladi”.
Bayden saylangan prezident Donald Tramp Oq uyga kelishidan oldin Ukrainaga iloji boricha ko‘proq yordam bermoqchi. Qarzdan kechish taklifi respublikachilarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, senator Pol “Bayden ma’muriyatining Ukraina qarzi uchun mas’uliyatni Amerika xalqiga yuklashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Kongressning yuqori palatasida ovoz berishga erishishini aytgan.
30 oktyabr kuni Ukrainaning davlat qarzi 155 milliard dollardan oshgani xabar qilingan edi. “Ukraina yangiliklari” nashriga ko‘ra, sentyabr oyida bu ko‘rsatkich 0,56 foizga oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi