08:40 / 22.11.2024
15

Xitoyda kriptovalyutada pora olgan amaldor kommunistik partiyadan o‘chirildi

Xitoyda kriptovalyutada pora olgan amaldor kommunistik partiyadan o‘chirildi
Foto: Google Images
Xitoy Qimmatli qog‘ozlarni tartibga solish qo‘mitasining Fan va texnologiya nazorati departamentining direktori Yao Syan lavozimidan chetlatildi va Xitoy Kommunistik partiyasi (KKP) safidan chiqarib yuborildi. Bunga uning kriptovalyutada pora olgani sabab bo‘lgan.

Bu haqda KKP intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy komissiyasi ma’lum qildi. Bu Xitoyda kuzatilgan birinchi shunday holat.

Yao Syan asl missiyasidan yuz o‘girgan, havoyi shon-shuhratga intilgan, o‘zini moliyaviy texnologiyalar sohasida mutaxassis deb hisoblagan va shaxsiy manfaatlar uchun ma’lum xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarni qo‘llab-quvvatlagan”, deyiladi kuzatuv saytida e’lon qilingan bayonotda.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, u o‘z nazorati va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgani, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, dasturiy-texnik vositalarni xarid qilishda tashkilotlarga tegishli bo‘lmagan foyda olishga yordam bergani, shuningdek, virtual valyutalarda pora olgani aniqlandi.

Uning ishi qo‘shimcha tekshirish va jinoiy javobgarlikka tortish uchun prokuraturaga o‘tkazildi.

Foto: Tengrinews
So‘nggi oylarda Bitkoin dunyo moliya bozorlarida shov-shuv ko‘tardi. Uning narxi deyarli 100,000 dollarga yaqinlashib, uni yana bir bor diqqat markaziga olib chiqdi.

Bitkoin bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng qimmat aktivlar reytingida kumushdan o‘zib ketdi.

Ayni paytda kriptovalyutaning bozor kapitali 1,76 trln dollardan oshadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda kriptovalyutada pora olgan amaldor kommunistik partiyadan o‘chirildi