Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinning yangi — «Oreshnik» o‘rta masofali ballistik raketasi bilan Dneprga berilgan zarba haqidagi bayonotlariga izoh berdi.
«Bu urush miqyosi oshishi va shafqatsizlikning ochiq isboti, Rossiya tomonidan BMT Nizomining ayovsiz buzilishi», dedi Zelenskiy.
Uning aytishicha, bu Rossiyaning bir yil ichida urushni kuchayish yo‘lidagi ikkinchi qadamidir. Birinchi qadam Shimoliy Koreyaning 11 ming askar ishtirokida Ukrainaga qarshi urushga jalb qilinishi edi.
Zelenskiy, shuningdek, Putinning yangi raketa Rossiya hududiga G‘arbning aniq qurollari bilan berilgan zarbalarga javoban qo‘llangani haqidagi da’volarini yolg‘on deb atadi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bunday tizimlardan avval ham foydalangan.
«Ukrainaga qarshi gipertovushli raketa zarbalari Rossiya tinchlikni istamasligining yana bir isbotidir», — dedi u. — «Putin yolg‘on gapiradi. Bu quroldan birinchi marta foydalanayotganimiz yo‘q. Va biz xalqaro huquqqa muvofiq buni qilishga haqlimiz».
Zelenskiy, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni Rossiyaning harakatlariga imkon qadar qat’iy javob berishga chaqirdi.
«Putin juda sezgir, hozirda dunyodan kuchli reaksiya bo‘lmayotgani uchun sizlarni sinovdan o‘tkazmoqda, aziz hamkorlar. Uni to‘xtatish kerak. Agar Rossiyaning harakatlariga keskin munosabat bo‘lmasa, ular tajovuzni yanada kuchaytirishadi», deydi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 noyabr sanasida prezident Vladimir Putin rossiyaliklarga videomurojaat qilib, Ukrainaga «Oreshnik» raketalarida zarba berilganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?