Foto: TAURUS raketasi
Yevroparlament raisi Roberta Metsola Rossiyaning Ukrainaga hujumlari kuchayib borayotgani fonida Germaniyaning TAURUS qanotli raketalarini Ukrainaga tez yetkazib berishga chaqirdi.
Funke guruhi nashrlariga bergan intervyusida Metsola YEI davlatlari AQSH kabi uzoq masofali raketalarni Rossiyadagi nishonlarga qarshi qo‘llashga ruxsat berish tarafdori yoki yo‘qligi hamda Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berishi kerakligi haqidagi savollarga ijobiy javob berdi.
“Ha, bu Yevroparlamentning pozitsiyasi, keling, bu Bundestagga saylovlardan keyin tegishli o‘zgarishlarga olib keladimi, ko‘ramiz”, dedi Metsola.
Uning ta’kidlashicha, bunday kurs o‘zgarishi, ehtimol, oldinroq sodir bo‘ladi, chunki “Berlin koalitsiyasida TAURUSni yetkazib berish bo‘yicha turli pozitsiyalar mavjud”.
Metsola ukrainalik askarlarga zudlik bilan yordam kerakligini ta’kidlagan.
“Ukrania prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat G‘arbning qaysidir davlatida saylovlar o‘tkazilayotgani uchun harbiy yordamni cheksiz kuta olmasligini, Ukrainada esa har kuni urushda odamlar halok bo‘layotganini to‘g‘ri ta’kidladi”, deydi Metsola.
U “Rossiya urushni avj oldirayotgani, raketa hujumlarini kuchaytirayotgani, bu esa ko‘plab tinch aholining halok bo‘lishiga olib kelayotgani”dan xavotir bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari