Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z harbiylariga AQSH prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi kuni, 20 yanvargacha Ukraina mudofaa kuchlarini Kursk oblastidan siqib chiqarishni buyurdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada ma’lum qildi, deb yozdi «Suspilne».
«Putin uchun eng muhimi, bizni Kursk oblastidan quvib chiqarish va bularning barchasi, yangi raketalar bilan namoyishkorona hujumlar — bular bejiz emas. U shunday vazifani qo‘ydi. Ishonchim komil, u bizni kelasi yilning 20 yanvariga qadar quvib chiqarmoqchi. Unga o‘zini vaziyatni nazorat qilayotgandek ko‘rsatish juda muhim, aslida nazorat qilmayapti», dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining ishonch bildirishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk operatsiyasi Putin Rossiya hududlarini himoya qila olmasligini ko‘rsatgan. Chunki Rossiya armiyasining barcha kuchlari Ukrainaning bosib olingan hududlariga tashlangan.
«Bizda shunday ma’lumot bor - Putin «maxsus harbiy operatsiya»ning taqdiri Kursk operatsiyasiga bog‘liqligini qo‘mondonlik orqali askarlariga yetkazgan», dedi Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi