Foto: AP/ Pentagon rahbari Lloyd Ostin
AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin va isroillik hamkasbi Isroil Kas bilan telefon orqali muloqot qildi. Pentagon rahbari AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi va G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar sharoitni eslatdi.
“Lloyd Ostin mintaqaviy tahdidlarni ko‘rib chiqish, Isroilning joriy operatsiyalarini muhokama qilish va Qo‘shma Shtatlarning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash uchun Isroil Kas bilan suhbatlashdi”, deyiladi Pentagon veb-saytida.
Ostin, shuningdek, Livan qurolli hamda tinchlikparvar kuchlari xavfsizligini ta’minlash muhimligini ta’kidlagan. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Livandagi “Hizbulloh”ga qarshi urushni diplomatik yo‘llar bilan tugatishni to‘g‘ri deb hisoblaydi.
AQSH mudofaa vaziri HAMAS harakati bilan janglar davom etayotgan G‘azodagi gumanitar sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirishga chaqirdi.
Isroil Kas 6 noyabrdan beri Isroil mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. Ilgari u mamlakat Tashqi ishlar vazirligini boshqargan. Kas hamda Pentagon rahbarining ilk suhbati 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.
Hill nashri avvalroq AQSH Senati Isroilga qurol-yarog‘ sotishni blokirovka qilishni nazarda tutuvchi uchta rezolyutsiyasini qabul qilmagani haqida xabar bergan edi.
Foto: AFP/ Minbarda Berni Sander AQSH Kongressida Isroilga qurol sotishni cheklash bo‘yicha berilgan savollarga javob bermoqda
Taklif etilgan uchta rezolyutsiyaga 100 senatordan 60 dan ortig‘i qarshi chiqdi, faqat 17 nafari qo‘llab-quvvatladi. Rezolyutsiyalar tank qurollari, granatomyotlar uchun o‘q-dorilar, shuningdek, bombalarni boshqarish moslamalariga aloqador bo‘lgan. Hujjatlar mualliflari Demokratlar va mustaqil senator Berni Sanders bo‘lib, ular AQSH prezidenti Jo Baydenning Isroilga nisbatan siyosatidan norozi.
Sanders rezolyutsiyalar “G‘azo sektori va Livandagi tinch aholiga qarshi halokatli oqibatlarga olib kelgan hujum qurollariga” qaratilganini aytdi. Senator cheklovlar Isroilning o‘zini himoya qilish qobiliyatiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi. Biroq uning takliflariga qarshi chiqqan qonunchilar bunga rozi emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi