Har bir noxushlik, muvaffaqiyatsizlik va hatto salbiy tajriba ham mislsiz ne’mat olib kelishi hamda pinhoniy shukronalik sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Muvaffaqiyatsizlik va mag‘lubiyat, bu ─ shunday tilki, uning ko‘magida tabiat barcha odamlar bilan gaplashadi va shikastanafslikni bunyod etadi. Bu esa donishmandlik hamda anglashni tuhfa etishi mumkin.
Inson hech qachon muvaffaqiyatsizlikni boshidan kechirmasdan va maqsadi yo‘lida mag‘lubiyatga uchramasdan yashashi mumkin emas, degan edi bir donishmand. Bu donishmand odam bir haqiqatni kashf etgan, unga ko‘ra, inson muvaffaqiyatni qay darajada egallasa, omadsizlik va mag‘lubiyatni ham aynan shu holatda bartaraf etishga qodir bo‘ladi.
Va u yana boshqa muhim kashfiyotga qo‘l urgan edi: buyuk ishlar odamlar ellik yoshdan o‘tgandan so‘ng amalga oshirilgan. Shu bilan birga donishmand yana bir kashfiyotni aytgan edi: aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishilar, asosan, oltmish bilan yetmish yosh orasida ayniqsa samarali ishlar ekan.
Avraam Linkoln yoshlik chog‘ida onasidan ajraldi. Ko‘pchilik bu yoshda moddiy ne’mat belgisini bilish mumkin emas, deyishadi. Ammo bu yo‘qotish unga o‘gay onani hadya etdi. Ana uning ta’siri tufayli Linkoln ruhlanib ta’lim oldi va hayotda muvaffaqiyatga erishdi.
Marshal Fild Chikagoda ro‘y bergan katta yong‘in tufayli o‘zining do‘konidan, shu bilan birga barcha pullaridan mahrum bo‘ldi. U kultepa yonidagi tutab turgan chala o‘tinlarni ko‘rsatib: «Men mana shu joyning o‘zida dunyodagi eng katta universal do‘kon quraman», ─ dedi. Bugun Stont va Rendolf ko‘chalari burchagida Chikagodagi eng yirik «Marshal Fild» kompaniyasi qad ko‘targanini ko‘ramiz. Bu tarixiy voqea shuni ko‘rsatadiki, har bir muvaffaqiyatsizlik negizida unga teppa-teng moddiy ne’mat alomatlari mavjud bo‘ladi. Bu alomatni payqab, uni bir quchoq muvaffaqiyatlar guliga aylantirish uchun ba’zida jasorat, ishonch va tasavvur talab etiladi.
Bunga misol qilib, Maykl L.Benidamni keltirish mumkin. U 86 yoshida dunyodagi eng yirik neft qidiruvchi hisoblanar, shaxsiy boyligi esa bir necha yuz million dollar deb baholanar edi.
Benidam o‘zining muvaffaqiyat siri to‘g‘risida shunday degan edi: «Men eng og‘ir paytda ham faqat oldinga qarab yurishni davom ettirdim, chunki shunga o‘rgangan edim». U mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirar ekan, eng asosiy saboqni o‘zlashtirib oldi: qabul qilingan qarorlarda o‘zining fikr-mulohazalariga tayandi. Shuning uchun «oldinga qarab yurishda davom etdi» va joylardagi neft zaxiralari, u kashf etgan neftning umumiy hajmi tarixdagi miqyosidan nihoyatda oshib ketdi.
Benidam Filippinda neft izlash bilan band ekan, muvaffaqiyatsizlik uning etagidan tutdi. Benidam bu ishdan ortga chekinar ekan, shunday dedi: «Bularning barchasi o‘yinning bir qismi. Hamma joydan neftni topish mumkin emas. Agar shunday bo‘lganida neft – razvedkaga hojat qolmas edi».
Amerika tarixida muvaffaqiyatsizliklarni yengib, shon-sharafga erishgan kishilar to‘g‘risida misollar to‘lib yotibdi. Hatto jismoniy yetishmovchiliklar ham Franklin D.Ruzvelt, Teodor Ruzvelt, Elen Keller va Tomas Edison kabi kishilarga to‘siq bo‘la olmadi.
Siz o‘z mag‘lubiyatlaringizdan xuddi G‘arbiy Virjiniya shtatidagi Morganshtaunda yashovchi M.Devis kabi xulosalar chiqarib oling. U Buyuk Turg‘unlik davrida ko‘mir qazib chiqaradigan kompaniyasidan, shu bilan birga uyi va mebellaridan, barcha mol-mulkidan mahrum bo‘ldi. Keyin esa faqat qolgan-qutgani bilan qanoatlanib, o‘zini bankrot deyishdan voz kechdi. Va ma’lum bo‘lishicha, ana shu yondashuv eng katta qiymati edi. Uning yordamida o‘zini halokatga yetaklagan chaqiriqni qabul qildi va o‘zining barcha katta-katta qarzlarini to‘ladi.
Devis Morganshtaundagi «Devis–Uilson» ko‘mir kompaniyasi prezidenti sifatida ulkan boylikka ega bo‘libgina qolmadi. Shu bilan birga u dunyo miqyosida tinchlik uchun kurashda eng yirik liderlardan biri bo‘lib tanildi.
Muvaffaqiyatlar to‘lqiniga tushib qoldingizmi? Mag‘lubiyatlardan saboq chiqaring va har bir omadsizlikda unga teng bo‘lgan noz-ne’mat alomatlarini ko‘ra oling. Hayotda doimo ikkita muhim asos ishtirok etadi. Biri shundan iboratki, muvaffaqiyat muqarrar ravishda insonning payiga tushib kutib turadi. Ikkinchi asosga ko‘ra, har bir mag‘lubiyatda ko‘pincha yashirin shaklda shunga teng bo‘lgan farovonlik, ne’mat belgilarini topish mumkin.
Bu ikki holni tahlil eta turib, Yaratganning o‘zi bizni anglash, donishmandlikni va kurashda kuchlarga ega bo‘lishni o‘rgatishni mo‘ljallaganini anglash qiyin emas. Muvaffaqiyatsizlik va mag‘lubiyatlar bizni aqlni rivojlantirish va oldinga qarab qadam tashlashga majbur etadi.
Biz aziyat chekayotganimizda, mag‘lubiyatlardan saboq chiqarish imkoniyatini anglashimiz ko‘pincha qiyin kechadi, ammo vaqt eng yaxshi hakam, kimki sidqidildan ko‘rishni istasa, uni darhol namoyon etadi.
(Napoloyen Xill kitobidan)
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi