
Foto: Re
Filippin poytaxti Manilada 24 noyabr tongidan beri davom etayotgan yong‘in tufayli mingga yaqin uy yonib kul bo‘ldi.
Manila o‘t o‘chirish xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in Isla-Putting-Bato tumanidagi uylardan birining ikkinchi qavatida boshlangan va ko‘p o‘tmay boshqa xonadonlarga ham tarqalgan. Yong‘in qamrab olgan hududda 2 mingga yaqin oila istiqomat qiladi.
«Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirishga 36 ta yuk mashinasi, 4 ta o‘t o‘chirish kateri, mamlakat Harbiy-havo kuchlarining ikkita vertolyoti jalb etilgan.
«Mazkur hududdagi uylar oson yonuvchan materiallardan qurilgani bois yong‘inga bardoshsiz hisoblanadi», — deya ta’kidlanadi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Filippin poytaxti Manila shahridagi tumanlardan birida kuchli yong‘in yuz berishi oqibatida taxminan 15 ming kishi boshpanasiz qolgandi.
Filippin PoytaxtiManila Yong‘inYong‘in O‘chirishOila IstiqomatHalok Bo‘lganlarYong‘in Tarqaldi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing