Foto: The Times of Israel
Birlashgan Arab Amirliklarida bedarak yo‘qolgan isroillik ravvin Zvi Koganning jasadi topilgandi. Isroil rasmiylari ushbu qotillik bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolarini gumon qilmoqda. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.
Yahudiy rasmiylariga ko‘ra, Eron tomonidan yollangan bir guruh o‘zbekistonliklar ravvinga hujum qilgan. Shundan so‘ng ular Turkiyaga qochib ketgan. Hozirda yuqori lavozimli davlat va din arboblari voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qotillarni qo‘lga olish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanishga va’da bergan. “Ulardan birortasi ham omon qolmaydi”, degan u.
Isroil prezidenti Isxak Gersog voqeani “dahshat va g‘azab bilan” qabul qilganini bildirib, X platformasida quyidagilarni yozgan:
"Bu jirkanch antisemitizm hujumi yahudiy xalqining dushmanlari qanchalik shafqatsiz ekanini yana bir bor eslatmoqda", degan u.
Gersog, shuningdek, BAA rasmiylariga tezkor choralari uchun minnatdorlik bildirib, qotillarni javobgarlikka tortish uchun barcha choralar ko‘rilishiga ishonishini aytgan.
Isroillik ravvinning o‘limi: nimalar ma’lum?
Birlashgan Arab Amirliklarida 21 noyabr kuni isroillik ravvin Zvi Kogan bedarak yo‘qoldi. 24 noyabr kuni maxsus xizmat va xavfsizlik organlari uning jasadini topdi. Marhum Isroil va Moldova fuqaroligiga ega bo‘lib, yahudiylarning “Xobod” diniy harakatida faoliyat yuritgan va uning Abu Dabidagi vakili bo‘lgan. Isroil hukumati ravvinni Eron razvedkasi kuzatgani haqidagi ma’lumotlarga egaligini da’vo qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi