12:35 / 25.11.2024
25

Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi

Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Foto: Report.az
Vashington universiteti Tibbiyot maktabi olimlari qahva ichaklardagi potensial foydali L. asaccharolyticus bakteriyalari sonining oshirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Nature Microbiology jurnalida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, tadqiqotda dunyoning turli davlatlaridan 77 mingga yaqin odam ishtirok etgan. Birinchi bosqichda ko‘ngillilardan o‘zlarining ratsioni to‘g‘risida ma’lumot berish so‘ralgan. Tadqiqotchilarni asosan ularning qahva ichish odatlari qiziqtirgan. Shundan keyin olimlar ko‘ngillilardan ichak mikrobiotasi tarkibini aniqlash uchun axlat namunalari topshirishlarini so‘ragan.

Olimlar qahvaxo‘rlar va qahva ichmaydiganlarning ichak mikrobiomalari ma’lumotlarini taqqoslab, sezilarli farqni aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, muntazam ravishda qahva ichadigan insonlarda L. asaccharolyticus turidagi bakteriyalar darajasi qahva ichmaydiganlarnikidan sakkiz barobarga ko‘p. Tadqiqot ishtirokchilarining yashash joyidan qat’iy nazar shu kabi ko‘rsatkich qayd etilgan.

Ayni vaqtda olimlarga L. asaccharolyticus darajasi qanday qilib oshib ketishi va u inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini noma’lum. «Shunga qaramay, ularning taxminicha, mazkur fenomen qahvaning organizmga ijobiy ta’sirini bildiradi», — deyiladi tadqiqotda.

Avvalroq mutaxassislar spirtli ichimlikka bo‘lgan mayilni yengishda qahva yordam berishi mumkin, degan xulosaga kelgandi. Ular o‘tkazgan tadqiqot qahva o‘ziga qaramlikni keltirib chiqarsada, alkogolga bog‘liqlikdan xalos qilishi mumkinligini isbotlagan.

Bundan tashqari, olimlar kuniga to‘rt chashka qahva iste’mol qilganda insult ehtimoli 37 foizga oshishini aniqlagan edi. Ammo bu faqat ichimlikning o‘ziga emas, balki qon bosimi holatiga va yurak urish tezligiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, qahvani kamroq iste’mol qilish insult xavfini tug‘dirmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi