15:40 / 25.11.2024
11

Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi

Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Foto: Pavel Lisitsin /RIA Novosti
Buyuk Britaniyada bir nechta noma’lum dronlarning uchta harbiy baza ustidan uchib o‘tgani qayd etildi, deb xabar berdi The Guardian gazetasi 23 noyabr, shanba kuni kechqurun AQSH harbiy-havo kuchlari vakillariga tayanib.

Hisobotga ko‘ra, dronlar 20—22 noyabr kunlari Saffolk grafligidagi Leykenxit va Mildenxoll HHK bazalari, shuningdek, Norfolkdagi Feltuell bazasi uzra payqalgan. AQSH HHK rasmiylarining aytishicha, dronlarni dushmanga tegishli deb hisoblash mumkinmi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Dronlar muhim infratuzilmaga ta’sir qilmadi

AQSH HHKning Yevropadagi vakili so‘zlariga ko‘ra, UUA o‘lchamlari va konfiguratsiyasi jihatidan farq qiladi va ularning mavjudligi baza aholisiga yoki muhim infratuzilmaga ta’sir qilmagan. Harbiylar havo hududini kuzatishda davom etmoqda va xavfsizlikni ta’minlash uchun Buyuk Britaniya rasmiylari bilan hamkorlik qilmoqda. Britaniya Mudofaa vazirligi har qanday tahdid jiddiy qabul qilinib, mudofaa inshootlarida zarur xavfsizlik choralari ko‘rilayotganini qo‘shimcha qildi.

Avgust oyida Rossiya Germaniyaning Gaylenkirxen shahridagi NATO havo bazasida dronlar yordamida diversiya uyushtirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. U yerda uzoq masofali radarlar va sensorlar bilan jihozlangan 14 ta Boeing E-3A Airborne Warning & Control System (AWACS) samolyoti mavjud. Ular uzoq masofalarda havo va suvusti nishonlarini aniqlashga qodir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi