17:13 / 25.11.2024
20

Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari

Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Qirollik oilasiga mansub insonlarning bank hisobida katta miqdordagi pullar, yirik zavodlar, hashamatli uylari bo‘ladi, deb o‘ylashadi, ammo bu noto‘g‘ri fikr. Biz badavlat deb hisoblagan qirollik avlodlarining moliyaviy ahvoli tasavvur qilganimizdan ham yomonroq holatda bo‘lishi mumkin. Ular orasida odatiy hayot tarzini tanlaganlar ham kam emas.

Ledi Amaliya Vindzor

Foto: The Voice
U qirollik oilasining eng go‘zal vakillaridan biri hisoblanadi. Amaliya shahzoda Charlzning jiyani bo‘lib, u taxt uchun navbatda 37-o‘rinda turadi. Bolaligidan Amaliya Vindzor model bo‘lishni orzu qilgan. Hozirda u bolalikdagi orzusiga erishgan bo‘lib, Dolce & Gabbana brendi ko‘rgazmalarida bir necha bor chiqish qilgan va moda jurnallari muqovalarida ham chiqqan.

Hozirda Amaliya moda uylarining ish tartibi qanday tuzilganini o‘rganish uchun dunyo bo‘ylab sayohatga chiqmoqda.

Lord Frederik Vindzor

Foto: The Voice
Do‘stlari uni oddiygina Freddi deb chaqiradi. U Kent shahzodasi Mayklning yagona o‘g‘li bo‘lib, taxtga egalik qilish uchun 47-o‘rinda. Mish-mishlarga ko‘ra, u 2002 yilda Kensington saroyida qirolicha onasi vafoti munosabati bilan so‘nggi ehtirom ko‘rsatilayotgan paytda boshqa binoda ziyofat uyushtirgan.

So‘ng u uylandi, moda, musiqiy jurnalistika hamda bank sohasida ishladi. Ammo o‘sha voqeani deb uning yaqinlari Frederikni hanuz kechira olmaydi.

Ledi Gabriyela Vindzor

Foto: The Voice
Frederikning opasi turli gazeta va jurnallar uchun bir nechta maqolalar yozgan. U jurnalist Etish Tasir bilan ishqiy munosabatlari va u bilan bog‘liq mojarolar bilan ham tanilgan, ammo bunga qirollik oilasi hech qanday izoh bermagan.

Ledi Rouz Gilman

Foto: The Voice
Qirolicha Vindzor amakisining qizi Rouz Gilman taxt uchun navbatda 32-o‘rinda turadi. U tadbirkor bilan turmush qurgan, “Kichik Britaniya” serialida rol o‘ynagan hamda “Garri Potter va Feniks ordeni”, “Margaret Tetcher” filmlarida sotuv bo‘limida ishlagan.

Zara Tindoll

Foto: The Voice
Malika Annaning yagona qizi, taxtga egalik uchun 17-o‘rinda. Ot sporti o‘yinchisi sifatida tanilgan Zara Tindoll 2012 yilgi London Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Piter Fillips

Foto: The Voice
Malika Annaning o‘g‘li, Zara Tindollning ukasi bo‘lib, taxt uchun 14-o‘rinda turadi. U “Formula 1”, “Yaguar”, va Royal Bank of Scotland kabilarning direktorlar kengashi a’zosidir. 2016 yilda Fillips qirolichanig hukumatda rekord darajada uzoq muddat qolishi sharafiga o‘tkazilgan keng ko‘lamli bayram tashkilotchilaridan biri edi.

Malika Beatris

Foto: The Voice
Shahzoda Endryuning to‘ng‘ich qizi, taxtga 8-o‘rinda navbatda turadi. U o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan: Beatris do‘konda sotuvchilikdan tortib jurnalistika yo‘nalishida ham ishlagan. Bugungi kunda u turli tadbirlarda mijozlarga hamrohlik qilish bo‘yicha biznes maslahatchidir. U Davosda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forumda Afiniti kompaniyasi asoschisiga hamrohlik qilgan.

Malika Yevgeniya

Foto: The Voice
U Hauser & Wirth zamonaviy san’at galereyasining direktori sifatida tanilgan. Malika Yevgeniya bolaligidan rasm chizishga qiziqqanligi uchun mazkur sohani tanlagan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari