Foto: Emirates News Agency
BAA Ichki ishlar vazirligi isroillik rohib Svi Koganning o‘ldirilishida gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olinganini e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, ular – Mahmudjon Abdurahim o‘g‘li Kenjaboyev, Azizbek Komilovich Ismoilov, Olimboy Tohirovich Davlatyorov, barchasi O‘zbekiston fuqarosi. BAA IIV keltirgan fotosuratlarda ular ko‘zi bog‘langan, qo‘l-oyog‘i kishanlangan holda tasvirlangan.
Qayd qilinishicha, ish prokuraturaga oshirilgan, ammo ularga qanday ayblov qo‘yilayotganiga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, qotillik motivlari qanday bo‘lgani ham noma’lum.
28 yoshli ravvin Svi Koganning jasadi 24 noyabr kuni topildi. 21 noyabr kuni u bedarak yo‘qolgani, uni oxirgi marta Dubayda ko‘rishgani haqida xabar berilgan edi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Kogan BAA rezidenti, shuningdek, Moldova fuqarosi bo‘lgan. U bir necha yil BAAda yashab, Nyu-Yorkdagi pravoslav yahudiylarning «Chabad» harakati bilan birga yahudiy jamoat ishlari bilan shug‘ullangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Ro‘ziqul Burdiyev: "Chempionatda hech qanday maqsad qolmagan"
Devorga yopishtirilgan bananni 6,2 mln dollarga sotib olgan odam uni yemoqchi