11:37 / 26.11.2024
4

BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi

BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi
Foto: BBC
Birlashgan Arab Amirliklari hududida isroillik ravvin o‘ldirilishida gumonlanib, uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi. O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsulxonasi holat yuzasidan bayonot berdi.

Unda aytilishicha, O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Abu-Dabidagi elchixonasi Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib, mazkur masala yuzasidan oydinlik kiritish maqsadida tegishli ishlar olib bormoqda.

Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi bayonotda.

Isroillik ravvin o‘ldirilishi

Birlashgan Arab Amirliklari maxsus xizmati va xavfsizlik organlari 21 noyabr kuni bedarak yo‘qolgan isroillik ravvin Zvi Koganning jasadini topdi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonot berib, Zvi Koganning o‘ldirilishini jinoiy antisemitik terrorchilik harakati deb atadi va uning o‘limida aybdor bo‘lgan jinoyatchilar, albatta, javobgarlikka tortilishini bildirdi.

Yahudiy rasmiylari ushbu qotillik bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolarini gumon qilmoqda. Bu haqda The Times of Israel xabar bergan. 25 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi Zvi Koganni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. Gumonlanuvchilarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari. Hozirda gumonlanuvchilar qamoqda saqlanmoqda, sud jarayoni boshlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi