Xitoy mudofaa vaziri Dun Szyun
Foto: Report.az
2023 yil dekabrida Xitoy mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan Dun Szyun mamlakat armiyasidagi poraxo‘rlik ishi bo‘yicha tergov qilinmoqda. Bu haqda The Financial Times nashri manbalarga tayanib yozdi.
Unga ko‘ra, Xitoy yetakchisi Si Szinpin armiya rahbariyatiga nisbatan bir qator tekshiruvlarni boshlagan va Dun Szyun ismi-sharifi gumonlanuvchilar orasida bor.
Mudofaa vaziriga aynan qanday korrupsiya ayblovlari qo‘yilgani hozircha noma’lum. Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi bu borada izoh berishdan bosh tortdi.
Dun Szyun korrupsiyada ayblanayotgan Xitoy mudofaa vazirlarining qatorasiga uchinchisi. Szyun bu lavozimda bor-yo‘g‘i yetti oy ishlab, keyin iste’foga chiqarilgan general Li Shangfu o‘rnini egallagandi.
Li Shangfu ham korrupsiya ishi bo‘yicha tergov qilinayotgani haqida xabar berilgan.
Bank of China sobiq rahbari Lyu Lyanje
Foto: Report.az
Kecha 26 noyabr kuni Bank of China sobiq boshqaruvi raisi va partiya qo‘mitasi kotibi Lyu Lyanje poraxo‘rlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘lgandi.
Jazoning ijro etilishi ikki yil muddatga to‘xtatib turiladi. Shuningdek, Lyu Lyanje barcha siyosiy huquqlardan umrbod mahrum qilinadi hamda uning barcha shaxsiy mulklari musodara etiladi”, deyiladi Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Dekabrning birinchi sanasida qor yog‘ishi kutilmoqda