Foto: Getty Images
Hech qachon sodir bo‘lmagan qotillik uchun 13 yil qamoq jazosini o‘tagan germaniyalik Manfred Genditskiy Bavariya shtati hukumatidan ma’naviy zarar uchun kamida 750 ming yevro tovon to‘lashni talab qildi.
“Da’vogar kamida 750 ming yevro ma’naviy zarar uchun tovon to‘lashni talab qilmoqda”, deydi Myunxen tuman sudi.
Mahalliy prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Genditskiyga hibsda bo‘lgan 4916 kunning har biri uchun 75 yevrodan jami — 368 ming yevrodan ko‘proq tovon puli to‘langan.
Biroq, jurnalga ko‘ra, erkak to‘lov barcha zararni qoplamaganini va u qo‘shimcha tovon talab qilishini aytgan.
Genditskiy ishni ko‘rib chiqish uchun ko‘p yillar davomida kurashdi. Uni nafaqat himoyachisi, balki prokuratura ham oqlashni talab qilgan. Qayd etilishicha, erkak qotillikni sodir etganiga ham, jinoyat umuman sodir bo‘lganiga ham shubhalar bo‘lgan.
“Keyinroq ekspertlar Genditskiy o‘ldirgani taxmin qilingan ayol baxtsiz hodisa qurboni bo‘lganini isbotladi”, deb yozadi nashr.
2010 yilda Myunxen okrug sudi Genditskiyni qotillik aybi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan edi. U marhum ayol yashagan uyning boshqaruvchisi bo‘lgan. Sudyalar erkakni janjaldan keyin o‘z kvartirasida keksa ayolni urib, keyin uni vannaga cho‘ktirishda aybdor deb topgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi
Sensatsiya: Neymar “Barsa”ning ashaddiy raqibi “Real”ga o‘tadigan bo‘lyapti
Bosh vazir yordamchisi va uning akasi ishdan olindi
U-17 Jahon chempionatida Osiyodan 9 ta jamoa! Bu qanday bo‘ladi?
Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi
Xitoy va AQSH «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
Respublikada bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning ro‘yxati shakllantiriladi