23:25 / 27.11.2024
2

Yevropani Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri eng sovuq qish kutmoqda

Yevropani Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri eng sovuq qish kutmoqda
Foto: AFP
Yevropa mamlakatlari so‘nggi yillardagi eng sovuq qishni boshdan kechirishi kutilmoqda, deb yozadi Bloomberg. Sovuq ob-havo tufayli gaz va elektr energiyasi narxi oshishi mumkin, deya taxmin qildi agentlik.

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarida qishda harorat me’yoridan past bo‘lishi kutilmoqda. Shu sababli, isitish tizimiga bo‘lgan ehtiyoj Ukrainada mojaro boshlanganidan beri eng yuqori darajaga yetadi, deyiladi materialda.

2024 yil oxirida tranzit kelishuvi tugashi bilan Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berishning to‘xtatilishi ham muammolardan biri bo‘lishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi jangovar harakatlarning kuchayishi Yevropa uchun ham energetik xavflarni oshiradi.

Bloomberg agentligining xabar berishicha, gaz zahiralarining tez kamayib borayotgani va Rossiya tomonidan gaz yetkazib berilishning qisqarishi kutilayotgani yangi energiya inqirozini keltirib chiqarishi mumkin.

Reuters manbasining aytishicha, Gazpromning 2025 yilga mo‘ljallangan ichki rejasiga ko‘ra, korporatsiya Ukraina orqali tranzit yo‘li bilan Yevropaga gaz yetkazib berishni rejalashtirmagan. Biroq agentlik suhbatdoshining aytishicha, bu reja hali yuqori rahbariyat tomonidan tasdiqlanmagan.

Avvalroq Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Ukrainani og‘ir qish kutayotganini aytib o‘tgandi.

Biz Ukrainani o‘zini himoya qilish uchun yetarli resurslar bilan ta’minlay olmadik. Qish ukrainaliklar uchun juda og‘ir bo‘ladi, elektr ta’minotida katta uzilishlar bo‘ladi. Shuningdek, Ukrainaga, o‘q-dorilarni vaqtida yetkazish bo‘yicha yetarlicha yordam bera olmadik”, degan Borrel.

Shuningdek, NATO bosh kotibi Mark Ryutte yaqinlashayotgan qish ukrainaliklar uchun “eng qattig‘i” bo‘lishi kutilayotganini ta’kidlagan.

Biz birgalikda Ukrainaning jangovar qobiliyatini saqlab qolishdan ko‘ra ko‘proq natijaga erishishimiz kerak. Ukrainaliklar 2022 yildan beri eng qattiq bo‘lishi kutilayotgan qishga tayyorlanar ekan, ularni doimiy qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz zarurati haqida muhokama qilamiz. Tanlagan yo‘nalishimizda uzoq muddat sodiq qolishimizni tasdiqlashimiz kerak”, degan NATO bosh kotibi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropani Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri eng sovuq qish kutmoqda