07:25 / 28.11.2024
5

Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi

Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Foto: RIA Novosti
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaga G‘arb qurollari bilan Rossiya hududiga zarba yo‘llashga ruxsat berilganidan so‘ng, NATO Rossiya bilan urushga kirganini aytdi.

Rossiya Federatsiyasiga ATACMS va Storm Shadow raketalarining hujumlari mojaroning keskinlashuviga olib keldi. Jurnalist Medvedevdan Rossiyaning Polsha va Ruminiyadagi NATO harbiy bazalariga zarba berish ehtimoli haqida so‘radi. U voqealarning bunday rivojlanishini istisno qilmadi.

Aniq harbiy obyektlarga kelsak, har qanday davlatdagi bazalar nishonga aylanishi mumkin. Ayni damda, agar mojaro keskinlashuv ssenariysi bo‘yicha rivojlansa, hech narsani istisno etib bo‘lmaydi. Chunki NATOga a’zo davlatlar bu mojaroda to‘liq ishtirok etmoqda”, — dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.

Rossiya Mudofaa vazirligi 19 noyabr kuni Ukraina Rossiya hududiga zarba berish uchun Amerikaning ATACMS raketalaridan foydalangani haqida xabar berdi. Ikki kundan keyin rus armiyasi Ukrainaning “Yujmash” zavodiga o‘rta masofaga mo‘ljallangan “Oreshnik” ballistik raketasi bilan hujum qildi. Mazkur hujum ortidan Vladimir Putin maxsus murojaat bilan chiqib, vaziyat bo‘yicha Rossiyaning pozitsiyasini aytib o‘tdi.

Foto: Reuters
Rossiya qurolli kuchlari 21 noyabr kuni Ukraina harbiy-sanoat majmuasi obyektlaridan biriga hujum uyushtirdi. Rossiyaning eng yangi o‘rta masofali raketa tizimlaridan biri ham jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tkazildi. Ushbu holatda, yadroviy bo‘lmagan gipertovushli jihozlangan ballistik raketadan foydalanildi”, deydi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan, armiya ko‘zlangan maqsadga erishgan: “Dnepropetrovskda Sovet ittifoqi davridan beri eng yirik va mashhur sanoat majmualaridan biri bo‘lgan, bugungi kunda raketa texnologiyalari va boshqa qurollar ishlab chiqaradigan Yujmash zavodi zarar ko‘rgan”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi