Foto: FAZ
Rossiya yaqin yillarda NATO mamlakatlariga hujum qilishi mumkin. Bu haqda Germaniya razvedka xizmati rahbari Bruno Kalga tayanib, Zeit nashri yozmoqda.
Razvedka rahbariga ko‘ra, Rossiya armiyasi o‘n yillik oxirigacha shaxsiy tarkib va texnik ta’minot nuqtayi nazaridan NATO mamlakatlariga hujum qilishga tayyor bo‘ladi. Bu hujum cheklangan xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.
U Rossiya Norvegiyaning Shpitsbergen oroliga go‘yoki hududni tozalash yoki Boltiqbo‘yi mamlakatlariga rus tilida so‘zlashuvchi aholini himoya qilish bahonasida bostirib kirishi ehtimolini keltirdi.
Germaniya razvedkasi rahbari bunday harakatlar Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasida mustahkamlangan jamoaviy xavfsizlik tamoyiliga putur yetkazishga qaratilganini tushuntirdi. Bu NATOni zaiflashtirish yoki yo‘q qilishga urinish bo‘lishi mumkin, dedi u.
Rossiya NATOga hujum qilishi mumkinmi?
Ukraina hukumati urushda g‘alaba qozongan taqdirda, Rossiya rejimi Ukraina bilan to‘xtab qolmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Estoniya razvedkasiga ko‘ra, Rossiya allaqachon yangi urushga hozirlik ko‘rmoqda, bu 10 yil ichida sodir bo‘lishi mumkin. NATO bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv istisno qilinmagan.
Bir qator G‘arb davlatlari ham Rossiya yaqin kelajakda NATO hududiga bostirib kirishi mumkinligidan xavotirda. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2029 yilgacha NATOga hujum qilishi mumkin. Bundan tashqari, NATO allaqachon Rossiyaning ehtimoliy hujumiga qarshi mudofaa rejasini ishlab chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?