Foto: EADaily
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa davlatlari mustaqilligini yo‘qotganini aytdi. Uning fikricha, ularning siyosati endi AQSH hukumati tomonidan boshqariladi.
"Menimcha, Yevropa juda quyiga tushib ketdi. Ular mustaqil markaz, jahon siyosatining zamonaviy markazi sifatida mavjud bo‘lishni to‘xtatdi va Amerika ma’muriyatining nog‘orasiga o‘ynamoqda", — dedi Putin Ostonadagi matbuot anjumanida.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, ba’zida unda yuqori martabali nemis amaldorlari o‘z mamlakatlari manfaati uchun ishlashdan ko‘ra “Amerika razvedka xizmatlarining topshiriqlarini bajarayotgani” haqidagi taassurot paydo bo‘ladi.
“Aftidan, ularga “Seni osib qo‘yamiz” deyishsa, ularda bitta savol bo‘ladi: “Arqonni o‘zimiz olib kelamizmi yoki bizga berasizmi?”, — deya xulosa qildi Rossiya prezidenti.
Vladimir Putin Yevropa bilan munosabatlarning yomonlashuviga Rossiya javobgar emasligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu Yevropa siyosatining ichki holati natijasidir. Shunga qaramay, u kelajakda munosabatlarning tiklanishiga umid bildirdi, chunki bundan ikki tomon ham manfaatdor.
Avvalroq Rossiya prezidenti mamlakat “dushman” harakatlariga javoban “Oreshnik”ning jangovar sinovlarini davom ettirishini aytgandi.
Rossiya yetakchisining qayd etishicha, Kiyev bir necha bor Moskva va Sankt Peterburgdagi davlat ahamiyatiga molik nishonlarga hujum qilishga uringan. Putinga ko‘ra, bunga javoban Bosh shtab va Mudofaa vazirligi Ukraina hududidagi “Oreshnik” tomonidan yo‘q qilinadigan nishonlar ro‘yxatini tuzmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi