07:58 / 29.11.2024
26

Seulda 100 yil ichidagi eng kuchli qor yog‘di (foto)

Seulda 100 yil ichidagi eng kuchli qor yog‘di (foto)
Foto: Global Look Press
Seulda 100 yildan buyon rekord darajadagi eng kuchli qor yog‘di. Janubiy Koreya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 27 noyabr kuni ertalab 16,5 sm qalinlikda qor yoqqan.

Bu qor 1972 yil noyabr oyidagi qalinligi 12,4 santimetrga yetgan avvalgi maksimal ko‘rsatkichdan oshib ketdi”, deb yozadi The Guardian.
Qor 26 noyabr kuni boshlanib, 2024 yilgi qish mavsumining birinchisi bo‘ldi. Koreya meteorologiya boshqarmasining aniqlik kiritishicha, bu qor 1907 yildan beri davom etayotgan kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli qor bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Kuchli yog‘ingarchilik nafaqat poytaxtda, balki respublikaning markaziy, sharqiy va janubi-g‘arbiy viloyatlarida ham qayd etilgan. Ayrim hududlarda qor qalinligi 23 sm ga yetgan.

Ob-havo noqulayligi tufayli transport harkati to‘xtatildi. Mamlakat aeroportlarida 220 ta reys bekor qilindi. Yo‘llarda, ayniqsa Seulda muz hosil bo‘lib, jiddiy tirbandliklarni keltirib chiqardi.


Foto: Global Look Press
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol qor yog‘ishi oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha resurslardan foydalanishni buyurdi. Xavfsizlik va transport vazirliklariga shaxsiy tarkib va ​​texnikani safarbar etish, shuningdek, fuqarolarni yo‘l holati va ob-havo sharoiti haqida o‘z vaqtida xabardor qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, qor yog‘ishi 28 noyabr, payshanbagacha davom etadi. Rasmiylar aholiga yo‘llarda ehtiyot bo‘lishni qat’iy tavsiya qilmoqda.

Foto: AP

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Seulda 100 yil ichidagi eng kuchli qor yog‘di (foto)