12:28 / 29.11.2024
5

Biologik yoshni o‘lchashning yangi usuli taklif qilinyapti. Bu qarishni to‘xtatishga yordam berishi mumkinmi?

Biologik yoshni o‘lchashning yangi usuli taklif qilinyapti. Bu qarishni to‘xtatishga yordam berishi mumkinmi?
Foto: Shutterstock
Epigenetik soatlar insonning biologik yoshini aniqlash usuli. DNK chizgilaridagi epigenetik harakatlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Epigenetik soatlarni aniqlash esa shu o‘zgarishlarni taxmin qila olish konsepsiyasiga asoslanadi. Ular odatda qarishning asosiy mexanizmlarini tushintirmasdan bitta yoshni taxmin qiladi xolos. Tadqiqotchilar esa inson tana a’zolari turlicha tezlikda qarishini o‘lchash ustida ishlab keladilar.

Yaqinda Harvard universiteti olimlari Ageome deb nomlangan o‘lchash usulini taqdim etdi. Unga ko‘ra, qarishni bitta biologik yosh bilan baholab tasvirlash murakkab. Tadqiqotda Ageome hisoblash tizimidan foydalanilgan. Unda bir vaqtning o‘zida sichqonlar va odamlardagi minglab molekular yo‘llarning epigenetik yoshi o‘lchangan.

Ageome organizmning umumiy biologik yoshini uning funksional modullarining jamoaviy yoshiga qarab taxmin qilish mumkinligiga asoslanadi. Ya’ni a’zolar turli tezliklarda qarishi va turli biologik yoshga ega bo‘lishi mumkin. “An’anaviy soatlardan farqli o‘laroq, Ageome hujayra funksiyalaridagi biologik qarishning yuqori o‘lchamli tasvirini taqdim etadi. Bu esa odam, populyatsiya va turlar bo‘ylab qarish dinamikasini har tomonlama baholash imkonini beradi”, – deyiladi tadqiqotda.

Ta’kidlanishicha, Ageome'ni uzoq umr ko‘rishga yordamlashish usullarida qo‘llash mumkin. Umuman olganda kasalliklarni bashorat qilishga asoslangan epigenetik biologik belgilar sog‘liqni yaxshilashga yordamlashib, odamlarning sog‘liq xarajatlarini kamaytirishi mumkin. Hayot tarzini o‘zgartirishdan tortib, eksperimental terapiyalar, hujayralarni qayta dasturlashgacha – hammasi biologik qarishni sekinlashtirish, kasallik xavfini kamaytirish va sog‘lom yillarni uzaytirishga qaratilgan.

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, hujayralarni qayta dasturlash hujayralarni yoshartirish bilan birga, ba’zi funksional modullarning qarishini ham tezlashtirishi mumkin.

Tadqiqotchilar yurak, miya, o‘pka va buyraklar kabi asosiy tana azolari qarishini modellashtirish uchun plazma oqsillar olgan. Bu yondashuv ularga ba’zi organlarning boshqalarga nisbatan qanday qarishini kuzatib borish, har bir a’zoning muayyan kasalliklarga moyilligini aniqlashi mumkin bo‘lgan yoshga oid noyob ma’lumotlarni to‘plashga imkon bergan. Ageome saratonni ham samaraliroq bashorat qilishga yordam berishi ta’kidlangan.

Izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, ayrim organlarning biologik yoshi kasalliklar xavfini yaxshi prognoz qilishga yordam beradi. Misol uchun, miyaning keksayishi Alsgeymer kasalligining yuqori xavfini ko‘rsatsa, keksa o‘pka surunkali o‘pka kasalligi kabilarga tezroq chalinishi mumkin. Yosh miya va immun tizimi esa uzoqroq vaqt kasalliklardan xoli bo‘lishni ta’minlashi mumkin. Yoshroq hayot belgilari bo‘lganlarda o‘lim xavfi sezilarli qisqargani ko‘ringan.

Parhez va jismoniy mashqlar kabi turmush tarzi omillari ma’lum organlarda qarishni sekinlashtirishi oldindan ma’lum. Harvardda ayni paytda hujayra funksiyalarida qarishga qarshi ta’siri uchun ba’zi dorilar sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu harakatlar bir kun kelib biologik qarishning ayrim jihatlarini sekinlashtirishi, to‘xtatib qo‘yishi yoki hatto teskarisiga olib keladigan usullarni aniqlashga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Biologik yoshni o‘lchashning yangi usuli taklif qilinyapti. Bu qarishni to‘xtatishga yordam berishi mumkinmi?