Foto: Getty Images
Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, suhbat davomida nemis siyosatchisi Zelenskiyga Putin bilan suhbati haqida gapirib berdi.
“Germaniya kansleri Putin bilan bo‘lib o‘tgan suhbati tafsilotlari haqida gapirdi. Ko‘rinib turibdiki, faqat qurol kuchi va diplomatiya kuchi birgalikda urush aybdorini tinchlikka majburlashi va tinchlikka faqat kuch bilan erishish mumkin”, deb yozadi Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida.
Uning ta’kidlashicha, Moskvani “haqiqiy tinchlik”ka rozi bo‘lishga majburlash uchun “Rossiyaga bosim”ni kuchaytirish va Ukraina pozitsiyasini mustahkamlash zarur.
Sholsning Putin bilan telefon suhbati ikki hafta avval, 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Qayd etilishicha, muzokaralar Germaniya tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Rossiya yetakchisiga ko‘ra, Rossiya “Ukraina tomonidan to‘xtatilgan” muzokaralarni qayta boshlashga ochiq va buni hech qachon rad etmagan.
“Rossiyaning takliflari yaxshi ma’lum va ular iyun oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligida qilgan nutqida bayon etilgan. Mumkin bo‘lgan kelishuvlar Rossiyaning xavfsizlik manfaatlarini hisobga olishi, yangi hududiy voqeliklarga asoslanishi va, eng muhimi, mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etishi kerak”, deyiladi Kreml bayonotida.
Putin va Shols suhbat davomida Rossiya va Germaniya munosabatlarini ham muhokama qildi. Rossiya rahbari “Germaniya hukumatining do‘stona bo‘lmagan munosabati oqibatida ikki davlat o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi aloqalar misli ko‘rilmagan tanazzulga uchraganini” ta’kidlagan. U agar nemis tomoni qiziqish bildirsa, Moskva o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini qayd etgan. Tomonlar Yaqin Sharqdagi mojaroni ham muhokama qilgan.
Shols Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmalariga uyushtirilayotgan Rossiya havo hujumlarini qoraladi
Deutsche Welle'ning xabar berishicha, Shols Putin bilan suhbatda Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan Rossiya havo hujumlarini keskin qoralagan. Bundan tashqari, Germaniya kansleri Putinni KXDR askarlarini Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun Rossiyaga yuborish “mojaroning keskinlashuviga va kengayishiga olib kelishi” haqida ogohlantirgan.
Nemis siyosatchisi Rossiyaning bu urushdan ko‘zlagan maqsadlarining hech biri amalga oshmasligini aniq aytgan va u Moskvani “Kiyev bilan jiddiy muzokaralar olib borishga” tayyor bo‘lishga chaqirgan. U Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uzoq muddatli munosabat ekanini qo‘shimcha qilgan.
Ikki davlat yetakchilari “aloqada bo‘lishga” kelishib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bayden Ukraina uchun Kongressdan yashirincha 24 mlrd dollar so‘radi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?