Joriy yilning 11 noyabr kuni E-9 ishchi vizasi orqali Koreyaga ishlashga borgan ikki nafar o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketgan. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha O‘zbekistondan yuborilgan 100 nafar ishchidan ikki nafari (Samarqand va Jizzax viloyatlaridan) oradan 3-4 kun o‘tganidan so‘ng o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan.
O‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlamasdan, shartnoma shartlarini qo‘pol tarzda buzgan ikki huquqbuzarning mahallalariga mas’ullar bordi va ularning ota-onalari, mahalla ahli ishtirokida holat muhokama qilindi. Hozirda ularga jarima qo‘llash va kerak bo‘lsa, O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi agentlik axborotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekiston fuqarolari Koreyada ish joyini sababsiz tashlab ketsa, oradan o‘tadigan har bir oy uchun kafillikka olgan qarindoshiga 2000 dollar jarima qo‘llanishiga asos bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bayden Ukraina uchun Kongressdan yashirincha 24 mlrd dollar so‘radi
Shols Zelenskiyga Putin bilan suhbati tafsilotlarini oshkor qildi