Foto: Bakr Alkasem/AFP/Getty Images
Suriya prezidenti Bashar Asad kuchlariga qarshi kurashayotgan jangarilar guruhi mamlakatning eng katta shahri Halabga kirganini e’lon qildi. Bu haqda CNN isyonchilar bayonotiga tayanib yozdi. Ushbu ma’lumotni mustaqil manbalar orqali tasdiqlash imkonsiz.
«Bizning kuchlarimiz Halab shahriga kirishni boshladi», deb telekanal yangi tashkil etilgan isyonchilar koalitsiyasi Harbiy operatsiyalar qo‘mondonligi bayonotidan iqtibos keltirdi.
«Suriya Inson huquqlari kuzatuv guruhi» (Buyuk Britaniyada joylashgan) ham jangarilar Halabga kirganini xabar qildi. Shahardagi guvohlarning AP agentligiga aytishicha, aholi raketa hujumlari va o‘qqa tutilgani uchun shaharning g‘arbiy chekkasidagi hududlardan qochib ketmoqda.
29 noyabr kuni ertalab Turkiyaning Anadolu davlat agentligi jangarilar Halab chekkasiga bir kilometr uzoqlikda yaqinlashgani haqida xabar berdi. Ikki kun ichida qurolli guruhlar Halab va Idlib viloyatlarida 56 ta aholi punktini nazorat ostiga oldi, shuningdek, Asad kuchlariga tegishli og‘ir qurollar, omborlar va jihozlarni qo‘lga kiritdi.
Hukumat kuchlari 29 noyabr kuni e’lon qilgan bayonotda Halab atrofidagi qishloqlarda jangarilar bilan to‘qnash kelgani, raqibning dronlari va og‘ir texnikasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Shuningdek, ular jangarilarni muvaffaqiyatlari haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi.
Halab Suriyaning 3 milliondan ortiq odam istiqomat qilgan eng katta shahri bo‘lib, 2011 yilda fuqarolar urushi boshlanganidan beri hukumat kuchlari va qurolli muxolifat guruhlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik markaziga aylandi.
2016 yilda Suriya hukumati kuchlari va Rossiya Qurolli kuchlarining hujumi natijasida jangarilar Halab chekkasiga quvildi. 2020 yilda ular Halabdan to‘liq quvib chiqarilgan edi.
Suriyadagi isyonchilar 27 noyabr kuni Halab viloyatining g‘arbiy qismida Bashar Asad hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshladi. Bu mintaqada so‘nggi to‘rt yil ichida birinchi yirik operatsiya ekani ta’kidlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi