Rossiyada bank xizmatlari va uyali aloqa operatorlari faoliyatida katta uzilishlar yuz berdi.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muammo ushbu xizmatlarning ishlashini ta’minlash uchun foydalaniladigan bulutli xizmatlardan birining texnik nosozliklari bilan bog‘liq», deya yozmoqda «Interfaks» Roskomnadzor xabaridan iqtibos keltirgan holda.
Downdetector veb-saytiga ko‘ra, 29 noyabr, juma kuni kechqurun MTS, MTS Bank, Alfa Bank va boshqa operator va banklar ishida nosozliklar kuzatilgan. Shuningdek, Yandex Yeda, Market Delivery, Burger King restoran tarmoqlari, Cyan ko‘chmas mulk ma’lumotlar bazasi, Lamoda onlayn-do‘koni va boshqalar faoliyatida muammolar qayd etilgan.
«TASS»ning yozishicha, Leonardo tizimidagi nosozlik tufayli «Aeroflot» reyslariga chiptalar berishda ham muammolar yuzaga kelgan.
Roskomandzor xizmatlar «yaqin kelajakda tiklanadi» deb va’da qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi