Foto: KCNA
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan uchrashuvda AQSH mas’uliyatsiz choralar ko‘rish orqali Ukrainadagi mojaroni cho‘zayotgani va keskinlashtirayotganini aytdi.
“Kim Chen In Ukrainadagi vaziyat kundan-kunga og‘irlashib borayotganidan jiddiy xavotir bildirar ekan, so‘nggi paytlarda Qo‘shma Shtatlarning Rossiyaga qarshi ko‘rayotgan choralari mojaroni cho‘zayotgan va barchaga tahdid soluvchi mas’uliyatsiz harakatlar ekanligi haqidagi pozitsiyasini bildirdi”, deya xabar beradi KCNA.
Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hududiga zarba berish uchun G‘arbning uzoq masofali qurollaridan foydalanish mojaroga bevosita aralashuv hisoblanadi va bunday harakatlar “xalqaro hamjamiyat tomonidan qoralanishi kerak”.
Shimoliy Koreya yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, “KXDR hukumati, armiyasi va xalqi Rossiya Federatsiyasi siyosatini izchil qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”.
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi munosabatlarni “yumshatish” va qurolli mojaro xavfini bartaraf etish maqsadida KXDR rahbari Kim Chen In bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara o‘tkazmoqchi ekani xabar qilingandi.
Foto: CNN
Manbalarga ko‘ra, yangi diplomatik sa’y-harakatlar qanday natija berishi hozircha noma’lum. Biroq Trampning asosiy maqsadi AQSH va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi asosiy aloqalarni tiklashdan iborat. Saylangan prezident jamoasi hozircha siyosiy maqsadlarni muhokama qilmayapti. Chunki Yaqin Sharq va Ukrainadagi dolzarb muammolar tufayli Pxenyan bilan munosabatlar ikkinchi darajali bo‘lib qolishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi