Foto: Report.az
Finlyandiya Rossiya chegarasiga yaqin joyda 2,8 ming harbiy xizmatchi ishtirokida quruqlikdagi mashg‘ulotlarni boshladi. “Report” xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlar 30 noyabrdan 4 dekabrga qadar Kajaani va Kuhmo shaharlaridagi Vuosanka va Sotinpuro poligonlarida bo‘lib o‘tadi.
Manyovrlarda 600 ta transport va jangovar harbiy texnika, NN90 transport vertolyoti va MD 500 yengil vertolyotidan foydalaniladi.
Harbiylar hujumga va mudofaaga tayyorgarlik ko‘rish, yaqinlashib kelayotgan dushmanni yo‘q qilish, shuningdek, tunda jang qilish va qish sharoitida jangovar harakatlar olib borishni mashq qiladilar.
Bungacha ERR teleradiokompaniyasi dekabr oyining birinchi yarmida Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) davlatlari ishtirokida Estoniyada “Chaqmoq” (Pisne) harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.
Avvalroq Finlyandiya ayollarni Rossiyaga qarshi urushga tayyorlayotgani xabar berilgandi.
Foto: Nasta
Ma’lum qilinishicha, ayollarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, gulxan yoqish, ochiq havoda ovqat pishirish va chodirlar o‘rnatish o‘rgatilmoqda. Ular kiberxavfsizlik, ruhiy barqarorlik, yovvoyi tabiatda omon qolish ko‘nikmalari bo‘yicha ham bilim olmoqda. Shunday ayollar guruhlaridan biri Finlyandiyaning sharqidagi harbiy bazada ta’lim o‘tamoqda.
Ayollarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlovchi kurs Nasta deb nomlanadi, u 1997 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. U qisman Finlyandiya Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi va Milliy mudofaani o‘qitish assotsiatsiyasidan katta yordam oladi. Nasta taxminan 100 ming a’zoga ega. Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlangan 2022 yil 24 fevralda kursga qiziqish misli ko‘rilmagan darajada oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi