Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Shimoliy Koreyaga tashrifi doirasida mamlakat rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi, deb xabar berdi Rossiya harbiy departamenti matbuot xizmati.
Uchrashuvda Belousov KXDR hukumatiga «Rossiya bilan aloqalarni chuqurlashtirishga sodiqligi uchun» minnatdorchilik bildirgan hamda Vladimir Putinning Kim Chen Inga «do‘stona salomini» yetkazgan.
Belousov, shuningdek, Rossiya Shimoliy Koreyadan 2025 yil 9 may kuni Qizil maydonda o‘tkaziladigan harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga qurolli kuchlar qismlarini yuborish taklifi bo‘yicha «ijobiy qaror» kutayotganini aytdi.
O‘z navbatida, KXDR rahbari Qo‘shma Shtatlarni Ukrainaga Rossiya hududiga uzoq masofali ATACMS raketalari bilan zarba yo‘llashga ruxsat bergani uchun qoraladi. Shu bilan birga, u Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan G‘arbning uzoq masofali qurollaridan foydalangan holda o‘qqa tutilishiga javoban Rossiyaning Ukrainaga zarba berishini «to‘g‘ri va samarali chora» deb atadi.
2024 yil iyun oyida Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida KXDR va Rossiya o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolandi, bu boshqa narsalar qatori ikki davlat o‘rtasida harbiy ittifoq tuzishni ham nazarda tutadi. Tomonlar uni kuzda ratifikatsiya qildi.
Oktyabr oyi oxirida Ukraina rasmiylari va G‘arb nashrlari KXDR Rossiyaga Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashish uchun harbiy xizmatchilarni yuborgani haqida xabar bera boshladi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Kursk oblastiga Shimoliy Koreyaning 10 mingdan ortiq askari yetib kelgan. Noyabr oyi boshida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy KXDR harbiylari birinchi yo‘qotishlarga duch kelgani haqida xabar bergan edi.
Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilarni yuborishdan tashqari, Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani raketalar yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlab kelayotgani ham xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”