12:46 / 13.10.2016
6 311

“Lukoyl” vise-prezidentining o‘g‘li ikki yilga qamalishi mumkin

“Lukoyl” vise-prezidentining o‘g‘li ikki yilga qamalishi mumkin

“Lukoyl” vise-prezidentining o‘g‘li Ruslan Shamsuarov 2 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti'ga asoslanib "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Gap shundaki, “Lukoyl” vise-prezidenti arzandasi “Galenvagen” avtomashinasida poyga uyushtirib, polisiya xodimlarini haqoratlab, ularga nisbatan zo‘ravonlik bilan tahdid qilgan. Xabar qilinishicha, Ruslan Shamsuarov YPX inspektorining avtomobilni to‘xtatish kerakligini anglatuvchi ishorasiga amal qilmagan. YPX xodimlari Shamsuarovning ortidan quvgan. Ularni haqoratlagan Ruslan ushbu tasvirga olib, voqeani internetga joylashtirgan.

Prokuror suddan Shamsuarovni aybdor deb topib, sud zalining o‘zidayoq uni ozodlikdan mahrum qilishni, 2 yilu 1 oy muddatga umumiy tartibdagi kaloniyaga jo‘natilishini talab qildi. Uning ta’kidlashicha, avtomashinaning davlat raqami ham noqonuniy.

Davlat qoralovchisining so‘zlariga ko‘ra, rolikda Shamsuarov orqa o‘rindiqda o‘tirgan hamtovog‘i Majidov bilan rulni boshqarib ketayotgan do‘sti Abduvahobovga YPX xodimlaridan qochish yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan. YPX xodimlari ularni quvib etganidan so‘ng, vise-prezidentning erkatoy o‘g‘li otasining nomini tilga olishga, vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilgan.

Aslida bu voqea joriy yilning 15 mart kuni sodir bo‘lgan edi. O‘shanda vaziyat boshqacha tus olgan. U do‘stlari bilan 15 sutka hibsda saqlangan edi. Badavlat va baobro‘ otaning aralashuvi bilan Ruslan Shamsuarov va uning do‘stlari o‘sha vaqtning o‘zida jinoiy javobgarlikka tortilmagan edi.

Prokurorning fikricha, ushbu jinoyat bir guruh shaxslar tamonidan oldindan rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Lukoyl” vise-prezidentining o‘g‘li ikki yilga qamalishi mumkin