12:48 / 01.12.2024
18

Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi

Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Suriya prezidenti Bashar al-Assad isyonchi qurolli guruhlarning mamlakat shimolida oldinga siljishi haqida ilk bor izoh berdi. Uning fikricha, qo‘shinlar muammoni yengishga qodir. U Suriya qurolli kuchlari qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Asad BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan suhbat chog‘ida mamlakatdagi vaziyatga izoh berdi.

«Prezident Asad telefon orqali muloqot chog‘ida Suriya o‘zining hududiy yaxlitligini terrorchilar va ularning tarafdorlaridan himoya qilishda davom etishini hamda ittifoqdoshlari va do‘stlari yordamida ularni mag‘lub etishga va yo‘q qilishga qodirligini ta’kidladi», — deyiladi prezidentlik idorasining Telegramdagi xabarida.

BAA prezidenti Suriyani «terrorizmga qarshi kurash, suverenitet, hududiy yaxlitlik va barqarorlikni himoya qilish»da qo‘llab-quvvatladi.

Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi hujumlar qaytarilganini ma’lum qildi. «Qurolli Kuchlar Oliy qo‘mondonligi terrorchilik hujumini qaytarish muvaffaqiyatli va qat’iyat bilan davom etayotganini tasdiqlaydi va tez orada barcha hududlar ustidan nazoratni tiklash uchun qarshi hujumga o‘tadi», — deyiladi qo‘mondonlikning Facebook'dagi xabarida.

Idlib viloyatidagi isyonchilar anklavini nazorat qilayotgan guruhlar 27 noyabr kuni Aleppo viloyatiga keng ko‘lamli hujum boshladi. Suriya armiyasi bir kun avval, 30 noyabr kuni isyonchilarning Aleppoda katta hududni egallaganini tan oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi