14:04 / 01.12.2024
7

AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi

AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Gruziya bilan strategik hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi. U Vashington qarorini Tbilisi Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini to‘xtatgani va namoyishchilarga qarshi kuch ishlatayotgani bilan izohladi.

"«Gruziya orzusi»ning antidemokratik harakatlari umumiy qadriyatlar va demokratiyaga sodiqlikka asoslangan AQSH-Gruziya strategik hamkorligimizning asosiy tamoyillarini buzdi", deydi Metyu Miller Davlat departamenti veb-saytida e’lon qilingan bayonotda.

Departament vakilining qo‘shimcha qilishicha, «Gruziya orzusi» partiyasining Yevropa integratsiyasi jarayonini to‘xtatish haqidagi qarori «gruzin xalqiga konstitutsiyada mustahkamlangan va’dalarga zid keladi». U, shuningdek, hukmron partiya «Gruziyani Kreml oldida yanada zaifroq qilib qo‘yganini» aytdi.

Metyu Miller Yevropa integratsiyasining to‘xtatilishiga qarshi namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishni qoraladi. Shuningdek, u barcha tomonlarni tinch mitinglarni ta’minlashga chaqirdi. Janob Miller qo‘shimcha qilganidek, AQSH Davlat departamenti Gruziya hukumatini Yevroatlantika yo‘liga qaytishga va parlament saylovlaridagi barcha qonunbuzarliklarni tekshirishga chaqiradi.

28 noyabr kuni hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralar boshlanishini kamida 2028 yil oxiriga qoldirishini e’lon qildi.

Mamlakatda ommaviy noroziliklarning yangi to‘lqini boshlandi. Mitinglarning dastlabki ikki kunida 150 ga yaqin odam hibsga olingan. Politsiya namoyishchilarni suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatdi. Kamida 20 jurnalist va 42 politsiyachi jarohat olgani ma’lum. Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili xavfsizlik kuchlarini kuch ishlatmaslikka chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi