15:49 / 02.12.2024
13

Yerga ikkita potensial xavfli asteroid yaqinlashmoqda

Yerga ikkita potensial xavfli asteroid yaqinlashmoqda
Yerga ikkita potensial xavfli 447755 (2007JX2) va 2020XR asteroidlari yaqinlashadi. Ular 4 dekabr kuni sayyora yaqinidan uchib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda NASA reaktiv harakat laboratoriyasi ma’lum qildi.

Kadr: NASA
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, 2007JX2 osmon jismining uzunligi 402,3 metrni tashkil qiladi. Undan Yergacha bo‘lgan masofa 5 532 113 kilometrga teng. Uzunligi 387,7 metr bo‘lgan 2020XR asteroidi esa Yerga 2209287 kilometrga yaqinlashadi.

NASA va boshqa kosmik agentliklar tomonidan diametri 140 metrdan katta va Yerdan 7,5 million kilometr masofadan yaqinroq uchib o‘tishi mumkin bo‘lgan asteroidlar “potensial xavfli” deb tasniflanadi. Uning orbital yo‘nalishi o‘zgarsa yoki boshqa obyekt bilan to‘qnashib, trayektoriyasi o‘zgarsa, xavf ortishi mumkin.

Asteroidlar — Quyosh tizimidagi nisbatan kichik osmon jismlari bo‘lib, ular asosiy yulduz atrofida harakatlanadi. Ular sayyoralardan farqli o‘laroq, notekis shaklga ega va atmosferasi yo‘q, biroq yo‘ldoshlari bo‘lishi mumkin. Kichik asteroidlar Yer atmosferasiga kirganida yonib ketadi va meteoritlar deb ataladi. Katta asteroidlar Yer bilan to‘qnashganda katta zarar keltirishi mumkin. Masalan, 65 million yil oldin dinozavrlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan hodisa asteroid zarbasi bilan bog‘langan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerga ikkita potensial xavfli asteroid yaqinlashmoqda