18:40 / 02.12.2024
10

Zelenskiy: “Rossiya bosib olgan barcha hududlarni qaytarishga kuchimiz yetmaydi”

Zelenskiy: “Rossiya bosib olgan barcha hududlarni qaytarishga kuchimiz yetmaydi”
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan bosib olingan ayrim hududlarni qaytarishga armiyaning kuchi yetmasligini aytdi. Bu haqda u Kyodo agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Siyosatchining fikricha, “dushman” egallab olgan barcha yerlarni kuch bilan qaytarib olish nihoyatda mushkul bo‘ladi. Shu sababli Ukraina prezidenti bu masalada diplomatik yondashuv zarurligini aytdi. Zelenskiy hozirda frontda og‘ir vaziyat kuzatilayotgani, dushman Ukraina kuchlari pozitsiyalariga hujum qilishda davom etayotganini aytdi.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni davlat nazoratiga qaytarish mumkinligi haqida gapirdi.

"Rossiya tomonidan bosib olingan ba’zi hududlarni, shu jumladan Qrimni kuch bilan qaytarish qiyin. Armiyamizning bunga kuchi yetmaydi. Bu haqiqat. Biz diplomatik yechimlarni topishimiz kerak", dedi Zelenskiy.

Biroq, u Ukraina “yetarli darajada kuchli” ekaniga ishonch hosil qilsagina, har qanday diplomatik qadamlarni boshlash mumkinligini bildirdi. Aks holda, Vladimir Zelenskiy fikricha, Rossiya yangi tajovuzni boshlashi mumkin.

Ukraina Qrimni diplomatik yo‘l bilan qaytarmoqchi

Noyabr oyida Zelenskiy Fox News’ga bergan intervyusida Qrimni qaytarish uchun o‘n minglab odamlarini qurbon qila olmasligini aytdi.

"Biz Ukrainaning hech bir bosib olingan hududini qonuniy jihatdan Rossiyaga tegishli deb tan ololmaymiz. Gap 2014 yildan beri Putinning keng ko‘lamli bosqinigacha bo‘lgan davrda bosib olingan hududlar haqida ham bormoqda. Biz buni qonuniy jihatdan tan olmaymiz va qabul qilmaymiz. Boshqa tomondan, hozircha Putinni qo‘lda qurol bilan 1991 yil chegarasiga qaytarishga yetarli kuchimiz yo‘qligini tushunamiz", degan edi siyosatchi.

Ukraina Qrimni diplomatik yo‘l bilan qaytarishga tayyorligi haqida Zelenskiy 2022 yil sentyabrida ham aytgandi. Shunday bo‘lishi mumkin. Shubhasiz, Ukrainadagi odamlar bu masalani hal qilishning diplomatik yo‘lini ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi, degan siyosatchi. Boshqa munosabatlarida u Ukraina Qurolli kuchlari 1991 yil chegaralariga chiqqanidan so‘ng Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyor bo‘lishini ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “Rossiya bosib olgan barcha hududlarni qaytarishga kuchimiz yetmaydi”