Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga milliardlab dollarlik qo‘shimcha qurol-yarog‘larni topshirish bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda, biroq mamlakat ichida bunday qaror AQSH zaxiralarini qisqartirishi va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan resurslarni olib qo‘yishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda rasmiylarga tayanib The Washington Post (WP) yozdi.
Qayd etilishicha, bunday tashabbus Ukraina ittifoqchilarining yangi prezident Donald Tramp lavozimga kirishgandan so‘ng, Ukrainadagi urushga oid siyosatda keskin o‘zgarishlar bo‘lishidan xavotirlari tufayli taklif etilgan. Ayrim rasmiylarga ko‘ra, Bayden ma’muriyati Ukraina yetakchilari safarbarlik yoshini AQSH talab qilinganidek 25 dan 18 ga tushirmoqchi emasligidan hafsalasi pir bo‘lgan.
Ma’muriyat rasmiylarining ta’kidlashicha, prezident Jo Baydenning vakolat muddati tugagach, Rossiya hududiga raketa zarbalari yo‘llashga ruxsat berish haqidagi qarori Ukrainaga vaziyatni nazorat qilish uchun biroz vaqt berishi mumkin. Shunga qaramay, rasmiylar Ukraina hukumatini o‘z armiyasini 160 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar bilan kengaytirishga chaqirmoqda.
«Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi qurol farqi to‘liq bartaraf etilmagan bo‘lishi mumkin, ammo u sezilarli darajada yaxshilandi. Jangchilarga kelsak, bu faqat matematika va fizika masalasi. Men Ukrainani hech narsada ayblamoqchi emasman. Bu juda qiyin masala. Lekin, ayniqsa, o‘tgan yil davomida ular jang maydonidagi yo‘qotishlarni o‘rnini bosish uchun yetarlicha askarlarni to‘plamagan va tayyorlamagan», dedi ismini oshkor qilishni istamagan amaldorlardan biri.
Shuningdek, AQSH yuqori martabali mudofaa amaldorlaridan biri Ukrainaga bunday qisqa muddatli yordamning asosiy xavfi boshqa missiyalar uchun tahdid bo‘lishini ta’kidladi, chunki harbiylar Yevropa mamlakatlarida katta miqdordagi harbiy texnikani joylashtirish uchun ko‘proq mablag‘ va xodimlar ajratmoqda.
«Bugungi kunda jang maydonidagi eng hal qiluvchi omil - bu front chizig‘ini barqarorlashtirish uchun jang qilishga tayyor bo‘lgan ukraina askarlari», deb qo‘shimcha qildi u.
O‘z navbatida, harbiy tahlilchilar Donetsk oblasti g‘arbida Pokrovsk va Velikaya Novoselka, shuningdek, Ukraina ta’minot liniyalariga tahdid soladigan Rossiya qo‘shinlari soni keskin ko‘payganini qayd etishmoqda.
Biroq AQSH mudofaa rasmiysining fikricha, tahdid unchalik kuchli emas, chunki Pokrovsk janubidagi hudud unchalik yaxshi himoyalanmagan, Ukraina harbiylari esa xavfsizroq pozitsiyalarga chekinmoqda.
Avvalroq Reuters jurnalistlari AQSH Ukraina uchun 725 million dollarlik qurol-yarog‘ paketini tayyorlayotgani haqida xabar bergan edi. Xususan, Bayden ma’muriyati AQSH zaxirasidan turli xil qurol-yarog‘lar, jumladan piyodalarga qarshi minalar, dronlar, Stinger raketalari va HIMARS artilleriya raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
Tramp dollarga muqobil valyuta yaratmoqchi bo‘layotgan BRICS a’zolariga tahdid qildi
Zidan katta klubda ish boshlashi kutilyapti