
AQSH Kongressi Vakillar palatasining COVID-19 bo‘yicha qo‘mitasi ikki yillik o‘rganishlardan so‘ng yakuniy hisobotini berdi. Unga ko‘ra, koronavirusning ushbu turi Xitoydagi laboratoriyada yaratilgan va bu tajribalarga AQSH ham pul ajratgan.
Hisobotdan asosiy bandlar:
— Uxanda virusologiya instituti bor, nomi — WIV;
— U yerda ayrim viruslar, jumladan, koronavirusning funksiyalarini kuchaytirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan;
— Xitoyliklar xavfsizlik texnikasiga uncha rioya qilishmagan, buning oqibatida nulinchi bemorga virus yuqqan bo‘lishi mumkin;
— 2019 yilning kuzida WIVning bir necha xodimi simptomlari COVID-19ni eslatuvchi qandaydir kasallikka chalingan;
— AQSH ham bunga daxldor: grant tizimlari orqali Uxandagi virusologiya instituti (WIV)da o‘tkazilayotgan tajribalarni moliyalashtirib kelgan. Buning jumlasiga ko‘rshapalaklar koronavirusi va odamlarning bu virusni yuqtirish ehtimoli bo‘yicha tadqiqotlar ham kiradi;
— Lokdaunlar (karantinlar) vaziyatni faqat yomonlashtirdi, butun boshli avlod — ham insoniyat, ham iqtisodiyot uchun uning oqibatlari dahshatli bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar