Foto: Jonathan Ernst/Reuters
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashuvda chegaradagi noqonuniy migratsiya muammosi tufayli uning mamlakati AQSHning «51-shtati»ga aylanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Telekanal manbalariga ko‘ra, Tramp va Tryudo Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida uchrashgan. Tramp lavozimida ish boshlashi bilan AQSHga kiritilayotgan mahsulotlarga 25 foizlik boj solishini ma’lum qilgan. Kanada voqealar rivoji bunday kechmasligining oldini olish uchun o‘z chegarasi orqali AQSHga muhojirlarning noqonuniy kirishiga qarshi birgalikda kurashishi shart.
Tryudo Kanada mahsulotlari uchun bojlarning oshirilishi mamlakat iqtisodiyoti uchun salbiy ta’sir qilishini aytganida, Tramp buning chorasi AQSHning 51-shtatiga aylanish ekanini ta’kidlagan.
Kanada chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda, jumladan, vertolyot patrullari soni ko‘paytiriladi, qo‘shimcha uchuvchisiz qurilmalar sotib olinadi, chegarachilar soni oshiriladi, deya Tryudo Trampga va’da bergan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Tramp dollarga muqobil valyuta yaratmoqchi bo‘layotgan BRICS a’zolariga tahdid qildi
Zelenskiy: Ukraina hech qachon NATOga qisman a’zolikka rozi bo‘lmaydi
Zidan katta klubda ish boshlashi kutilyapti
Saudiya Arabistoni mashinistsiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
Bloger Farhod Mannopovning o‘limida ayblangan shifokorlarga hukm o‘qildi