Foto: AP
Xitoy Fanlar akademiyasi (CAS) ma’lum qilishicha, Xitoy shimoli-sharqidagi Szilin provinsiyasida mutaxassislar dunyodagi eng yirik to‘liq boshqariladigan radioteleskop qurilishini boshladi.
Uning diametri 120 metr bo‘lib, olimlarga sayyoralar va asteroidlarni o‘rganishda yordam beradi. Ayni paytda qurilish ishlarining bir qismi allaqachon yakunlangan: qoziqli poydevor tayyor, qurilmani sozlash va sinovdan o‘tkazish ishlari 2028 yilgacha tugallanadi.
CAS ma’lumotlariga ko‘ra, yangi radioteleskopning o‘ziga xos xususiyati osmon jismlariga elektromagnit to‘lqinlarni yuborish va ulardan qaytgan signallarni qabul qilish bo‘ladi. Bu turli sayyoralar, yulduzlar orasidagi masofani va ularning Yerga qanchalik yaqinligini aniqroq belgilash imkonini beradi. Xitoylik muhandis va olimlar radioteleskop qurilishini 2024 yilning may oyidayoq boshlagan. Biroq to‘liq foydalanish rejimiga o‘tish uchun yana kamida 4 yil vaqt talab etiladi.
Aylanadigan qurilma kuzatuv stansiyasiga kosmik obyektlarni kuniga 24 soat davomida va ufqning istalgan nuqtasida kuzatish imkonini beradi. Inshootning ahamiyatini baholash qiyin, chunki Puerto-Rikodagi planetar radar vazifasini bajaruvchi 300 metrlik Aresibo radioteleskopi qulagandan so‘ng, dunyoda bunday qurilmalar juda kam qolgan.
Bugungi kunda dunyodagi eng katta va yaxlit kosa shaklidagi bunday qurilma Xitoyning FAST radioteleskopi hisoblanadi, uning diametri 500 metr. Biroq tuzilishi va tabiiy chuqurlikda joylashgani sababli, uning kuzatish imkoniyatlari cheklangan. Diametri kichikroq bo‘lsa-da, yangi radioteleskop FAST'dagi kamchiliklardan xoli bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Prokuratura tergovchisi 20000$ pora olayotganda qo‘lga tushdi
Bashar Asad rejimi Suriyaning muhim hududlari ustidan nazoratni yo‘qotmoqda
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekistonda 10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj qilingan?
Isroillik ravvinni Ummonga o‘g‘irlab ketishmoqchi bo‘lgan...