Janubiy Koreyaning olti partiyasi, jumladan, asosiy muxolifatdagi Demokratik partiya prezidentga qarshi impichment to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlamentga taqdim etdi.
«Ovoz berish 6-7 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi kerak», – deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Shuningdek, «Yonhap» agentligi Janubiy Koreyadagi muxolifat prezidentga impichment jarayonini bugun, 4 dekabr kuni boshlashi haqida xabar beradi.
Ma’lumot uchun, impichment ayrim davlatlarda, masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi davlatlarda oliy mansabdor shaxslar (mamlakat prezidenti, hukumat boshlig‘i va shu kabilar)ni javobgarlikka tortish va ularning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rib chiqishning alohida tartibi hisoblanadi. Impichment vaqtida jinoiy ish qo‘zg‘atish va sudga berishni, odatda, parlamentning quyi palatasi amalga oshiradi, ishni ko‘rib chiqish esa – oliy palataning vazifasi. Bu esa lavozimdan chetlatish (bo‘shatish) bilan yakunlanishi mumkin. Impichment tartibida hukm qilingan shaxs umumiy tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Abbosbek Fayzullayev SSKAda qancha maosh oladi?
Gvardiola "Liverpul" muxlislarining "Ertalab seni iste’foga chiqarishadi!" deb qichqirishiga qanday javob berdi?
Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?
Londonda “Xamsa” asarining noyob qo‘lyozmasi topildi