
Foto: RBK
Rublning zaiflashuvi Gazprombankka nisbatan sanksiyalar joriy etilgani bilan bog‘liq, bir-ikki hafta va «barchasi yaxshi bo‘ladi». Bu haqda Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov jurnalistlarga ma’lum qildi.
Moliya vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Gazprombankka qarshi sanksiyalari tufayli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga kontragentlar bilan hisob-kitob qilish uchun yangi imkoniyatlar topishga vaqt kerak va ular bunday imkoniyatlarni topadi. «O‘ylaymanki, bu [rubl kursi bilan bog‘liq vaziyat] bir-ikki hafta, yana bir haftagina — va barchasi yaxshi bo‘ladi», — deydi vazir.
Siluanovning ta’kidlashicha, ayni vaqtda eksportchilarning valyuta tushumlarini sotish normativlarini oshirishdan ma’no yo‘q. «Hozir bizda valyuta tushumlarini sotish hajmi 36 foiz… Ammo, Rosfinmonitoring bizga aytganidek, aslida savdo hajmi 52 foizni tashkil etdi, ya’ni oshirishdan hech qanday ma’no yo‘q», — deydi u.
5 dekabr kuni Rossiya banki 1 dollar uchun rasmiy kursni 104,24 rubl etib belgiladi, noyabr oxirida u 109,6 rublga chiqib ketgandi. Forex xalqaro valyuta bozorida dollar kursi 27 noyabrda 114 rubldan ham oshgan. Bu AQSH tomonidan noyabr oyida Rossiyaning o‘nlab moliyaviy tashkilotlari, jumladan, Rossiya gazi bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladigan Gazprombankka qarshi sanksiyalar joriy etgani fonida yuz bergan.
Rossiya Markaziy banki 2024 yil oxiriga qadar ichki valyuta bozorida chet el valyutasi xaridini to‘xtatganidan keyin dollar kursi 100 rubl tomon tusha boshladi. RF prezidenti Vladimir Putin rubl kurisining tebranishi ko‘plab omillarga bog‘liq ekani, vahima qilishga hojat yo‘qligi va vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar