date
views 100

Netanyaxu Suriya chegarasiga bordi

Netanyaxu Suriya chegarasiga bordi
Foto: Isroil hukumati mabuot xizmati
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 8 dekabr kuni Suriya chegarasiga bordi va prezident Bashar Asad rejimi Isroil tufayli qulaganini aytdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning Eron va “Hizbulloh”ga qarshi hujumi Suriyadagi rejimning ag‘darilishiga turtki bo‘ldi.

Bu Yaqin Sharq tarixida tarixiy kun. Har qanday dushman kuchining chegaralarimizda qaror topishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Asad rejimi Eron “yovuzlik o‘qi”ning markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi — bu rejim quladi.

Bu Asad rejimining asosiy tarafdorlari bo‘lgan Eron va “Hizbulloh”ga bergan zarbalarimizning bevosita natijasidir. Bu Yaqin Sharqda bu zulm va zo‘ravonlik rejimidan xalos bo‘lishni istaganlar uchun zanjirli reaksiya uyg‘otdi, dedi Isroil bosh vaziri.

U mudofaa vaziri Kas bilan Suriya chegarasidagi Isroil armiyasining kuzatuv punktini ko‘zdan kechirdi.

Isroil u bilan tinch-totuv yashashni istagan barcha suriyaliklarga do‘stlik qo‘lini cho‘zadi, ammo dushman kuchlarining chegara yaqinida mustahkamlanishiga yo‘l qo‘ymaydi”, dedi Netanyaxu.

Shuningdek, u G‘azoda garovga olinganlarning oilalariga Suriyadagi hokimiyat almashishi o‘g‘irlab ketilganlar ozod etilishini tezlashtirishi mumkinligini ma’lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Suriya chegarasiga bordi