BMT Bosh Assambleyasi tashkilot bosh kotibligi lavozimiga portugaliyalik Antonie Guterrish nomzodini tasdiqladi.
13 oktyabr kuni Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga ko‘ra ovoz berishlarsiz BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari portugaliyalik Antoniu Guterrishni 2017 yil 1 yanvardan 2021 yil 31 dekabrgacha muddatga BMT bosh kotibi etib tayinladi. Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar qildi.
Mazkur masalaga bag‘ishlangan yalpi yig‘ilishda Xavfsizlik kengashi raisi, Rossiya Federasiyasining BMTdagi doimiy vakili Xavfsizlik kengashi tavsiyasini o‘qib eshittirdi.
Uning ortidan Bosh Assambleyaning 71-sessiyasi raisi mintaqaviy guruhlar koordinatorlari nomidan yangi bosh kotibni tayinlash to‘g‘risidagi rezolyusiyani o‘qib eshittirdi. Uni ovoz berishgacha ko‘tarib chiqish istagida bo‘lganlar topilmadi va Antoniu Guterrish akklamasiya yo‘li bilan BMTning yangi bosh kotibi etib tayinlandi.
Amaldagi bosh kotib Pan Gi Mun, mezbon mamlakat sifatida AQSh vakili hamda besh mintaqaviy guruh raislari so‘zga chiqdi.
Antoniu Guterrish 2005 yil iyundan 2015 yil dekabrigacha qochoqlar ishlari bo‘yicha BMT Oliy komissari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Antoniu Guterrish 1949 yil 30 aprelda Lissabonda tavallud topgan.Oliy texnika institutida muhandislik ishini o‘rgangan hamda OTMda o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan. 1995 yil Portugaliya bosh vaziri lavozimini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Pan Gi Mun ganalik Kofi Annandan so‘ng mazkur mansabni egallagan. Undan avval esa Butros Butros-G‘oliy (1992−1996), Xaver Peres de Kuelyar (1982−1991), Kurt Valdxaym (1972−1981), U Tan (1961−1971), Dag Xammarsheld (1953−1961) va Tryugve Li (1946−1952) BMT bosh kotibi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”