Tojikistonning Sug‘d viloyati Konibodom tumanida 8 dekabr kuni bir oilaning olti a’zosi — er-xotin va ularning to‘rt nafar farzandi qotillik qurboniga aylandi. Bu haqda Konibodom tumanining qotillik sodir bo‘lgan qishlog‘iga yaqin joyda yashovchi shaxsi sir qolishini istagan Tojikiston fuqarosi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi Sho‘rqo‘rg‘on mahallasida yashovchi Ne’matovlar oilasi a’zolaridir. Oila boshlig‘i — 37 yoshli Naimjon Ne’matovning jasadi uy hovlisida, daraxtga osilgan holda topilgan. Guvohlarning aytishicha, erkakning boshida kaltaklanish izlari bo‘lgan.
Oilaning boshqa a’zolarining jasadlari, jumladan, 33 yoshli Nafisa Ne’matova, 13 yoshli Amina, 10 yoshli Fotima va Zuhra, shuningdek, ikki yoshli Muhammadyusuf uy ichidan bo‘g‘ilish belgilari bilan topilgan.
Jinoyat kim tomonidan sodir etilgani noma’lum. 9 dekabr kuni marhum oilaning xonadoniga borganlar hovlida huquq-tartibot organlari xodimlari va Nafisa Ne’matovaning qarindoshlariga duch kelgan. Marhumaning qarindoshlaridan biri Shirinjon Egamberdiyeva ushbu voqea haqida shu kuni tongda xabar topganini bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra Nafisa, uning eri va bolalarning murdasi Xo‘jand shahriga tibbiy ekspertiza uchun yuborilgan.
Egamberdiyevaning ta’kidlashicha, Ne’matovlar oilasi migratsiya davomida to‘plagan mablag‘lari hisobiga kun kechirib kelgan, Naimjonning o‘zi Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan. Ammo qarindoshlar bir-biri bilan kam muloqotda bo‘lib kelgan — Egamberdiyeva oxirgi marta o‘z jiyanini bahorda ko‘rgan.
Ichki ishlar, Sug‘d viloyati rasmiylari hozircha holat bo‘yicha hech qanday ma’lumot bergani yo‘q. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda Ne’matovlar oilasining o‘ldirilgani bo‘yicha ma’lumotlar tarqalmoqda.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, «8 dekabr kuni soat 21:00 larda Tojikistonning Konibodom shahridagi IIB navbatchilik qismiga Sho‘rqo‘rg‘on mahallasidagi Ne’matovlar oilasining jasadlari topilgani bo‘yicha telefon qo‘ng‘irog‘i kelib tushgan».
Bir oilaning olti a’zosi jasadi topilishi joriy yilning aprel oyidan beri Konibodom shahrida kamida beshta oilada qotillik sodir etilgani haqida tarqalgan xabarlar fonida kuzatilmoqda. Ushbu voqealarning barchasi mahalliy aholini qo‘rquvda ushlab kelmoqda. Shahar aholisining so‘zlariga ko‘ra, kechasi ko‘chalar bo‘ylab niqob taqib olgan shubhali shaxslarning harakatlanishi kuzatilgan.
Rasmiylar o‘shanda ham o‘ldirilgan oilalar ishiga darhol munosabat bildirmagan edi. Keyinroq ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdurahmon Alamshozoda matbuot anjumanida Konibodomda to‘rtta oilaviy qotillik sodir etilgani, ularning ikkitasi maishiy muammolarga bog‘liqligi va gumonlanuvchilar qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, o‘sha vaqtda Konibodom hokimi Abdusalom To‘xtasinzoda OAV va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda ayblagan edi. Tuman hokimining aytishicha, oilalarning o‘ldirilishi bir-biriga bog‘liq emas. «Tergov bilan Bosh prokuraturaning tezkor-tergov guruhi shug‘ullanmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, qotillikda gumonlanib bir kishi qo‘lga olingan. Men barcha ishlar bilan tanishib chiqdim va o‘ldirilgan oilalarning o‘zaro bog‘liqligi yo‘qligini bilaman. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qora kiyimli odamlar videosi Konibodomda olinmagan. Bunday kadrlar odamlarni qo‘rqitish uchun tarqatiladi», — degandi hokim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov amerikalik jurnalistga nimalar dedi?
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Mayk Tayson: “Yig‘ladim va qasos olishga va’da berdim”
Suriya prezidenti qarorgohi talon-toroj qilindi (video)
"Metallurg" 2025 yil Superligada o‘ynaydi
Germaniyada suriyaliklar Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganini ommaviy ravishda nishonladi
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi