
Marosim mehmonlari va 2024 yilgi Nobel laureatlari
Foto: Reuters
Stokholm filarmoniyasida Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot va iqtisodiyot boʻyicha 11 nafar Nobel laureatiga diplom hamda oltin medallarni topshirdi.
Joriy yilda mukofot puli 11 million shved kronasini (1 million dollarga yaqin) tashkil etdi. Tantanali marosim har yilgidek Alfred Nobel vafot etgan kun munosabati bilan 10 dekabr kuni tashkillashtirildi.
Nobel mukofotining 2024 yilgi sohiblari:

Nobel mukofoti laureatlari (chapdan oʻngga): Viktor Ambros, Geri Ravkan, Xan Gan, Daron Ajemoʻgʻli va Saymon Jonson
Foto: EPA
Tibbiyot boʻyicha — amerikalik olimlar Viktor Ambros va Geri Ravkan (mikroRNKni kashf qilgani uchun);

Fizika boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrilgan britaniyalik Jeffri Hinton
Foto: Reuters

Fizika boʻyicha Nobel mukofoti laureati Jon Xopfild
Foto: EPA
Fizika boʻyicha — amerikalik Jon Hopfild hamda britaniya-kanadalik Jeffri Hinton (sun'iy neyron tarmoqlari yordamida Machine Learningʻning asosini tashkil etuvchi fundamental kashfiyotlar va ixtirolar uchun);

Amerikalik Devid Beyker kimyo boʻyicha Nobel mukofotini qabul qilib olmoqda
Foto: EPA

Kimyo boʻyicha Nobel mukofotini, shuningdek, Jon Jamper va Demis Xassabis ham qoʻlga kiritdi
Foto: EPA
Kimyo boʻyicha — Devid Beyker, Demis Xassabis va Jon Jamper (oqsilning uch oʻlchamli tuzilishi prognozi» va «oqsilning kompyuter dizayni uchun);

Janubiy koreyalik yozuvchi Xan Gan «tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini aks ettiruvchi kuchli she'riy nasri» uchun mukofotlandi.
Foto: Reuters
Adabiyot boʻyicha — Janubiy koreyalik yozuvchi Han Kangga (tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan ta'sirli she'riy nasri uchun);

Foto: EPA
Tinchlik uchun — Nihon Hidankyo tashkilotiga (Hirosima va Nagasakidagi atom bombasidan omon qolganlarni birlashtirgani uchun);
Iqtisodiyot boʻyicha — Daron Ajemoʻgʻli, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga (institutlarning shakllanish jarayonlari va ularning iqtisodiy farovonlikka ta'sirini tadqiq qilgani uchun).

Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav, shahzoda Daniel, qirolicha Silviya va valiahd malika Viktoriya marosimda
Foto: EPA
Nobel mukofotini birinchi topshirish marosimi 1901 yil 10 dekabrda oʻtkazilgan. Shundan buyon 1000 ga yaqin kishi va tashkilotlar uning laureatiga aylangan.

Foto: EPA
Taqdirlash marosimidan keyin mehmonlar an'naviy ravishda bayram banketiga, soʻng Nobel baliga yoʻl oldi.

Foto: EPA
Yana bir tantanali marosim Osloda boʻlib oʻtdi — tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Nihon Hidankyo tashkilotiga topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar