Foto: NYT
Suriya sobiq rahbari Bashar Asadning prezidentlik saroyida sovg‘alar bilan to‘la xona topildi. Bu haqda New York Times (NYT) xabar berdi.
Suriyada isyonchilar Asad ag‘darilganidan so‘ng uning saroyini nazoratga oldi. Ular jurnalistlarga qurolli jangchilardan biri hamrohligida binoni ichkaridan ko‘rib chiqishga ruxsat berdi.
Binoda Bashar Asad boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlardan olgan sovg‘alar bilan to‘ldirilgan katta xona topilgan.
Bu yerda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan egarli yarim metrli tuya, katta yashil g‘ilofga solingan Saudiya Arabistonining oltin qal’asi, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippning 2002 yilga oid fotosurati topildi, deydi jurnalistlar.
Foto: NYT
Damashq qulashidan ko‘p o‘tmay saroyning katta qismi talon-toroj qilingan.
Ko‘plab xonalarda televizorlar yo‘q. Ulkan anjumanlar zalining poli qutilarga to‘lib ketgandi. Bu qutilarda, chamasi, qimmatbaho taqinchoqlar va nafis shisha buyumlar — ehtimol, yuqori martabali mehmonlarga mo‘ljallangan sovg‘alar saqlangandir, deyiladi maqolada.
Foto: Reuters
Sobiq prezident qarorgohi ostida yerosti tunnellari tarmog‘i aniqlangan. Al Jazeera telekanali e’lon qilgan videoda uzun yo‘lak aks etgan bo‘lib, unda ko‘plab burilishlar mavjud, oxir-oqibat u karavotlar, divanlar va stollar joylashgan xonalarga olib kiradi.
Suriyadagi so‘nggi voqealar
Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Ular 8 dekabrga o‘tar kechasi Damashqqa kirdi. Prezident Asad taxtdan ag‘darilganini e’lon qilishdi. Suriya prezidenti oilasi bilan Rossiyada boshpana topdi. Isyonchilar uning boshi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilgan.
Asad Suriyani tark etganidan keyin isyonchilar uning qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov amerikalik jurnalistga nimalar dedi?
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Isyonchilar Damashq qamoqxonasida kutilmagan holatga duch kelishdi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan
Qarzing bo‘lmasin!
Janubiy Koreya prezidentining mamlakatdan chiqishi taqiqlandi