Foto: mk.co
Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Hyun Seulning sharqiy qismidagi tergov izolatorida o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda axloq tuzatish xizmatlariga tayanib, Yonhap xabar berdi.
Hozirda sobiq mudofaa vazirining sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q.
"Kecha taxminan soat 23:52 da (10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:52 da) navbatchi xodim order berilishidan oldingi kutish xonasining hojatxonasida u (Kim Yong Hyun) o‘z joniga qasd qilishga urinayotganini aniqladi", dedi Koreya Adliya vazirligi penitensiar xizmati rahbari Sin Yon Xe.
Uning ta’kidlashicha, xodimlar zudlik bilan aralashib, eshikni ochgan va sobiq vazir o‘z joniga qasd qilishga urinishni to‘xtatgan. Ayni paytda u qo‘riqlash ostida, salomatligiga xavf yo‘q.
Janubiy Koreya sobiq mudofaa vazirining hibsga olinishi
4 dekabr kuni mudofaa vaziri Kim Yong Hyun xalqdan uzr so‘rab, iste’foga chiqishga tayyorligini aytdi. U harbiy holat tufayli yuzaga kelgan barcha tartibsizliklar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, iste’foga chiqdi.
Bunga muxolifatdagi yetakchi “Toburo” demokratik partiyasi mudofaa vaziriga impichment e’lon qilgani turtki bo‘ldi. 8 dekabr kuni u mamlakatda harbiy holat joriy etishda ishtirok etgani uchun hibsga olindi.
Koreyada harbiy holat
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 3 dekabr kuni kechqurun mamlakatda favqulodda harbiy holat e’lon qildi. Parlament va siyosiy partiyalarning faoliyati taqiqlandi. Davlat rahbari bu qarorni “konstitutsiyaviy tartibni himoya qilish va mamlakat ichidagi Shimoliy Koreya tarafdorlarini yo‘q qilish” zarurati bilan izohladi.
Hukumat harakatlaridan norozi bo‘lib, parlament binosi oldida namoyishchilar to‘plandi. Politsiya parlamentga kirishni to‘sib qo‘ydi va shahar ko‘chalarida harbiy texnika paydo bo‘ldi.
Bir necha soatdan so‘ng 300 deputatdan 190 nafari parlamentga kirishga muvaffaq bo‘ldi va harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi. Muxolifat yetakchisi Li Je Men prezident qarorini “konstitutsiyaga zid” deb atadi va uni “xalqqa qarshi” qadam sifatida qoraladi. Kechroq Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda joriy etilgan harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘ldi.
Kim Yon Hyun 3 dekabr kuni harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq qonunbuzarliklar bo‘yicha tergov ishining birinchi gumondori bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Janubiy Koreya prezidenti ofisi tintuv qilindi
“Navbahor”da ishlagan Andrey Kanchelskis Abbosbek Fayzullayevga Yevropadan bo‘layotgan e’tibor haqida nimalar dedi?
Tramp prezidentlik maoshi va pensiyasidan voz kechmoqchi
Apple ba’zi iPhone modellarini sotishni to‘xtatadi